Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oliy tibbiy ta’limni rivojlantirishda yangi davr talablari
10:11 / 2019-12-25

Toshkent tibbiyot akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirliklari bilan hamkorlikda “Oliy tibbiy ta’limni rivojlantirishda yangi davr talablari” mavzusida XV o‘quv-uslubiy seminar bo‘lib o‘tdi.


Toshkent tibbiyot akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirliklari bilan hamkorlikda “Oliy tibbiy ta’limni rivojlantirishda yangi davr talablari” mavzusida XV o‘quv-uslubiy seminar bo‘lib o‘tdi.

Har yili an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinadigan mazkur ilmiy-amaliy anjumanda Toshkent tibbiyot akademiyasida xalqaro standartlar darajasida oliy malakali mutaxassislar tayyorlash uchun yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratish va ularni ta’lim jarayoniga keng tatbiq etish, eng yangi xorijiy adabiyotlarni tarjima qilish, pedagog kadrlarning kasb mahorati sifatini yuksaltirish va boshqa masalalar to‘g‘risida so‘z bordi. 

Joriy yilda Toshkent tibbiyot akademiyasida tibbiy ta’lim sifatini yanada oshirish maqsadida eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan kimyo, biofizika, anatomiya laboratoriyalari, jami 200 000 AQSh dollari miqdoridagi grant loyihasi doirasida simulyatsion o‘qitish markazi, mahalliy investor tomonidan 170 ming AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritilib, “Ilmiy-diagnostika innovatsiya markazi” tashkil etildi.

Xorijiy hamkorlikni kuchaytirish, o‘quv jarayoniga innovatsion usullarni jalb etish maqsadida akademiyada 3 ta markaz:

- Koreya Respublikasining Koryo universiteti bilan hamkorlikda “Atrof-muhit gigienasi” ilmiy-amaliy laboratoriyasi,

- Koreya sog‘liqni saqlash sanoatini rivojlantirish instituti (KHIDI) bilan hamkorlikda Xalq tabobati markazi,

- I.M.Sechenov nomli birinchi Moskva davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda Oliy ta’lim muassasalararo markazlari ishga tushirildi.

Xorijiy hamkorlar bilan imzolangan xalqaro hamkorlik shartnoma va memorandumlar soni bugungi kunga kelib, 60 taga yetdi. 255 nafar xorijiy mutaxassislar o‘quv va ilmiy tadqiqotlarga jalb etildi, 231nafar pedagog va olim xorijda malaka oshirdi, 10 ta xalqaro konferensiyalar o‘tkazildi.