French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oliy ta’limdagi hamkorlik
18:22 / 2025-05-30

Joriy yilning 28-29 may kunlari Andijon davlat universiteti O‘zbekiston va Ozarbayjon oliy ta’lim muassasalari uchun tarixiy ahamiyatga ega forumga mezbonlik qildi. “O‘zbekiston – Ozarbayjon: oliy ta’lim sohasida hamkorlikni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari” mavzusida o‘tkazilgan mazkur forum O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Ozarbayjon Respublikasi Fan va ta’lim vazirligi hamkorligida tashkil etildi.

Unda O‘zbekiston va Ozarbayjonning oliy ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirok etdi. Ular oliy ta’limdagi ustuvor yo‘nalishlar, ilmiy-tadqiqot sohasidagi hamkorlik va talabalar hamda professor-o‘qituvchilarning akademik mobilligini kengaytirish bo‘yicha fikr almashdi.

Forumda Buxoro davlat universiteti rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Obidjon Xamidov ham faol ishtirok etdi. Uning tashabbusi bilan Buxoro davlat universiteti va Ozarbayjonning qator yetakchi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida muhim hamkorlik shartnomalari imzolandi.

– Jumladan, Buxoro davlat universiteti hamda Boku oliy neft maktabi o‘rtasida imzolangan memorandum asosida xalqaro akademik mobillik dasturlari doirasida talabalar almashinuvi tashkil etilishi rejalashtirilmoqda, – deydi Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Hamidov. – Shuningdek, Ozarbayjon davlat iqtisodiyot universiteti, Lankaran davlat universiteti va Ozarbayjon davlat madaniyat va san’at universitetlari bilan hamkorlik memorandumlari imzolandi. Ushbu shartnomalar ta’lim sohasida qo‘shma dasturlarni (Double Degree) joriy etish, Erasmus+ loyihalarida hamkorlikda ishtirok etish, shuningdek, ilmiy izlanuvchilar va professor-o‘qituvchilar uchun akademik almashinuvni yo‘lga qo‘yish kabi muhim masalalarni o‘z ichiga oladi.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.