Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oliy ta’limda xalqaro hamkorlik rivojlanmoqda
15:54 / 2022-09-28

Namangan davlat universitetida ellikdan ortiq davlatlar bilan xalqaro hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan. Hozirda oliy ta’lim dargohida uchta qo‘shma ta’lim dasturining amalga oshirilayotgani va ikkita yirik xalqaro loyihalar bo‘yicha ishlar olib borilayotgani buning isbotidir.

“Ilmga asoslangan ta’lim” loyihasi doirasida o‘tkazilgan ilmiy-amaliy treningda tadqiqot va o‘quv jarayonlarida xorijiy tajribalarni o‘rganish, tatbiq qilish, ilm-fanning so‘nggi yangiliklarini izlanuvchilar va talabalarga yetkazish xususida so‘z bordi. Talabalarni ilmiy-tadqiqot faoliyatiga yo‘naltirish borasida universitetga kelgan xorijiy mamlakatlar mutaxassislari, akademiklar, yuqori malakali ilmiy xodimlar ish tajribalari o‘rganildi.

AQSH, Isroil, Xitoy, Rossiya va Nigeriya davlatlaridan tashrif buyurgan professorlar, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademiklari, Botanika instituti O‘zbekiston-Xitoy Molekulyar filogeniya xalqaro laboratoriyasi ilmiy xodimlari ishtirokidagi treningda “Media savodxonligi va tanqidiy fikrlash qobiliyati”, “Yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan o‘simlik turlarini saqlashga integral yondashuv”, “Xitoy-Himolay florasida tropik komponentlarning shakllanishi va evolyutsiya mexanizmlari”, “Loyiha dizayni: landshaft genomikasi”, “To‘rli xaritalash: Markaziy Osiyo o‘simliklar xilma-xiligini o‘rganish va raqamlashtirishda yangi yo‘nalish” kabi mavzularda mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tdi.

 

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA