Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oliy ta’limda sifatni ta’minlash – asosiy maqsad
13:50 / 2023-03-31

Poytaxtimizda “Oliy ta’limni modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida “Oliy ta’limda sifatni ta’minlash tizimini takomillashtirish” mavzusiga bag‘ishlangan forum o‘z ishini boshladi.

Forumni ochib bergan oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining o‘rinbosari Komiljon Karimov so‘nggi yillarda oliy ta’limdagi islohotlar tufayli respublikada oliy ta’lim qamrovi 38 foizga yetgani, talabalar soni 4 baravarga oshganini  qayd etdi.  

– Buni gapirish oson, ammo raqamlarning ortida 100 minglab yoshlarning hayoti, kelajagi turibdi, – deydi Komiljon Karimov. – Jahon banki bilan hamkorlikda amalga oshirilgan loyiha doirasida oliy ta’lim sifatini ta’minlash bo‘yicha tashqi ta’lim sifatini nazorat qilish hamda ichki ta’lim sifatini ta’minlashga qaratilgan ishlar amalga oshirildi. Mazkur loyiha natijalari oliy ta’limdagi sifatni yangi bosqichga ko‘tarishga, oliygohlar tomonidan iqtisodiyotimiz uchun zarur yetuk mutaxassislar yetkazib berilishiga xizmat qiladi.  

Ta’kidlash lozimki, mazkur forumda 220 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari o‘quv ishlari bo‘yicha prorektorlari va ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshliqlari ishtirok etmoqda.  

Oliy va professional ta’lim bo‘yicha xalqaro ekspert, loyiha xalqaro maslahatchisi Bastian Bauman loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalar to‘g‘risida taqdimot qildi.  

Mutaxassis o‘z taqdimotida dastlabki bosqich natijalariga ko‘ra tanlab olingan 6 ta oliy ta’lim muassasasida o‘tkazilgan treninglar, mahorat darslari, individual sessiyalar natijasi yuzasidan ma’lumot berdi. Jahon tajribasiga asoslangan holda ichki sifatga taalluqli ko‘plab ishlar qilinib, mazkur oliy ta’lim muassasalari xalqaro akkreditatsiya olishga tayyorlanganini ma’lum qildi.  

Forum davom etmoqda.  

Muhayyo Toshqorayeva,  

O‘zA