22–23 yanvar kunlari oliy ta’lim tizimi uchun juda muhim bir uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda universitet va institutlarda korrupsiyaga qarshi ish olib borayotgan ichki nazorat bo‘linmalari rahbarlari bir joyga yig‘ildi.
Asosiy maqsad — qog‘ozdagi gaplarni emas, hayotda ishlaydigan yechimlarni topish ekanligi tadbir avvalidayoq aytildi. Tadbir davomida Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga qilgan murojaatnomasida korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha berilgan topshiriqlarni oliy ta’lim muassasalarida qanday qilib to‘g‘ri va samarali joriy etish mumkinligi ochiq va tushunarli tarzda muhokama qilindi.
2026 yil korrupsiyaga qarshi kurashishda “Favqulodda yil” deb e’lon qilingani bejiz emas. Shu sababli seminar davomida oliygohlarda pora, tanish-bilishchilik va boshqa salbiy holatlarning oldini olish, muammoni kelib chiqmasidan bartaraf etish yo‘llariga alohida e’tibor qaratilgani bilan ahamiyatli.
Ya’ni, bu yerda kasallikni davolash emas, oldini olish haqida gap bordi. Shuningdek, talabalar va ustozlar orasida halollik, vijdon va adolat tushunchalarini mustahkamlash masalalari ham ko‘tarildi. Odamlar qonunni faqat qo‘rqib emas, ichidan tushunib bajarishi uchun qanday ishlar qilish kerakligi bugungi kunning asosiy va dolzarb masalasi. Buni shartli ravishda “halollik vaksinasi” deb atash mumkin.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/e-b_P3aqgow" title="Oliy ta’limda korrupsiyaga qarshi kurash avjida" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Ziyovuddin Nuriddinov, Oybek Davronov, Salimjon Obidjonov, O‘zA