Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oliy ta’limda hamkorlik
11:40 / 2025-12-24

Navoiy davlat universiteti va Janubiy Koreyaning Sejong universiteti o‘rtasida xalqaro hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

Sejong universiteti – Janubiy Koreyaning Seul shahrida joylashgan nufuzli oliy ta’lim muassasasi bo‘lib, u milliy va xalqaro reytinglarda yuqori o‘rinlarni egallaydi. 

Jumladan, “Times Higher Education” 2025 yil reytingida Koreya universitetlari orasida 7-o‘rinda, dunyo reytingi bo‘yicha 201-250 oraliqda joylashgan. 

Bugungi kunda Sejong universitetida 14-15 ming talaba tahsil oladi, ularning 2 000 + xorijlik talabalardir. Ta’lim muassasasida xalqaro talabalar uchun ingliz tilida ham turli bakalavr va magistratura dasturlari mavjud. 

Ushbu hamkorlik doirasida universitetlar o‘rtasida talabalar va o‘qituvchilar almashinuvi, qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalari, qo‘shma dasturlar va treninglar, shuningdek, kelajakda qo‘shimcha grantlar hamda grant asosidagi ta’lim imkoniyatlarini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. 

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri