Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oliy ta’limda hamkorlik ko‘lami kengaymoqda
08:38 / 2025-02-05

Malayziyada bo‘lib o‘tgan “Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda oliy ta’lim sohasidagi imkoniyatlar va tashabbuslar” mavzusida birinchi O‘zbekiston-Malayziya ta’lim forumida Navoiy davlat universiteti hamda Malayziyaning Perlis universiteti o‘rtasida memorandum imzolandi.

Memorandumga ko‘ra, universitetlar o‘rtasida qo‘shma biznes inkubator markazini tashkil etish, sun’iy intellekt va logistika yo‘nalishlarida o‘quv dasturlarini hamkorlikda modernizatsiya qilish, talabalar hamda professor-o‘qituvchilar almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi. “Scopus” ilmiy bazasiga indekslanadigan “Joint journal” qo‘shma jurnal chop etiladi.

Shuningdek, forum doirasida UCSI universiteti bilan ham hamkorlik qilishga kelishib olindi.  

Endilikda har ikkala universitetda yil davomida “Guest lecturer” - “mehmon spiker” dasturi bo‘yicha professor-o‘qituvchilar tomonidan onlayn va oflayn tarzda dars mashg‘ulotlari olib boriladi.  

Rektorlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda UCS universitetidagi “Tesol” sertifikati kurslariga Navoiy davlat universiteti o‘qituvchilarini ham jalb qilish va ularga imkoniyatlar yaratib berish masalasi muhokama qilindi. Kelgusida ikki universitet tomonidan sanoat va qishloq xo‘jaligi loyihalarini amalga oshirishga kelishib olindi.

 

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri