Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oliy ta’limda axborot-resurs markazlari: tajriba qanday, muammolar nimada?
19:22 / 2023-12-16

So‘nggi yillarda mamlakatimizda barcha sohalarni raqamlashtirish, yangi texnologiyalarni tatbiq etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu esa xizmatlar sifatini oshirish, foydalanuvchilarning vaqti va mablag‘ini tejash imkonini beradi.

Xususan, oliy ta’lim tizimida o‘quv jarayonini raqamlashtirish jadal sur’atlarda borayotgani talabalar va ularning ota-onalariga qulay shart-sharoitlar yaratmoqda.

Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazida “Oliy ta’limda axborot-resurs markazlarining o‘rni: tajriba, muammolar, istiqbollar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy seminari bo‘lib o‘tdi.

Seminar o‘quv adabiyotlari ko‘rgazmasi va innovatsion kutubxona taqdimotlari bilan boshlandi.

Tadbirni Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi direktori Shuhrat Yaqubov kirish so‘zi bilan ochib, axborot-resurs markazlarini raqamlashtirish yo‘nalishidagi ishlar, natijalar va xalqaro ilmiy bazadan foydalanish bo‘yicha ma’lumotlar berdi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/4h77_9PsswM" title="" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Sohasidagi mavjud muammolar, an’anaviy va zamonaviy ilg‘or kutubxona xizmatlari hamda innovatsion rivojlanish uchun axborot-kutubxona faoliyatini isloh qilish bo‘yicha Toshkent axborot texnologiyalar universitetini professori, texnika fanlari doktori, akademik M.Rahmatullayev o‘z fikrlarini bildirdi.

Seminarda respublikamizda faoliyat yurituvchi axborot resurs markazlari xodimlari va soha mutaxassislari ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi boshqarma boshlig‘i M.Esonov axborot-resurs markazlarini takomillashtirishning ustuvor vazifalari, sohadagi islohotlar, axborot-kutubxona xizmatini ko‘rsatish shakllari, avtomatlashtirilgan tizimlar haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.

Yig‘ilganlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, zamonaviy axborot-resurs markazlarini qurish va ta’mirlash, xodimlarni rag‘batlantirish tartibi, kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, shuningdek, amalga oshirilishi kerak bo‘lgan vazifalar to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘ldi.  

Abdulaziz RUSTAMOV, O‘zA