Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi
11:43 / 2025-09-17

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ”Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq: 

Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom; 

Oliy ta’lim tashkilotlarining magistraturasiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom; 

Oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom; 

Oliy ta’lim tashkilotlari talabalarining akademik mobilligini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. 

Mazkur qarorga ko‘ra: 

bilimli va iqtidorli yoshlarning ta’lim olishlari uchun imkoniyatlarni kengaytirish maqsadida davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari oshirib boriladi; 

ishlab chiqarishdan ajralmagan holda hamda uch yoshgacha farzandi bor ayol talabalarning ta’lim olishlari uchun qulaylik yaratish maqsadida masofaviy ta’lim shakli bo‘yicha qabul parametrlarini bosqichma-bosqich oshirib boriladi.

Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida faoliyat olib borayotgan davlat oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriatiga talabalarni o‘qishga qabul qilish tartibini belgilaydi. 

Nizom o‘qishga qabul qilish jarayonlari alohida qonunchilik hujjatlariga muvofiq tartibga solinadigan oliy ta’lim tashkilotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi. 

O‘zA