O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 14 fevraldagi “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-61 son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” qaror qabul qildi.
Unga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 14 fevraldagi “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-61-son qaroriga:
a) oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilari va ularni ishga olgan tadbirkorlik sub’ektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish;
b) “Kelajakka qadam” dasturini tijorat banklari o‘rtasida ommalashtirish;
v) oliy ta’lim tashkilotlari o‘quv dasturlariga biznes ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan aniq fanlarni kiritish;
g) oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilari bandligini nazorat qilib borish tartibini takomillashtirish;
d) oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilari tomonidan amalga oshiriladigan startap va innovatsion loyihalarni grant mablag‘lari hisobidan qo‘llab-quvvatlashni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi.
O‘zA