English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oliy ta’lim sohasidagi hamkorlik muhokama qilindi
17:44 / 2024-05-08

O‘zbekistonning Hindistondagi elchisi Sardor Rustamboyev Hindiston ta’lim vaziri o‘rinbosari Sandjay Murti bilan uchrashdi.

Uchrashuvda ta’lim sohasida amlaga oshirilayotgan izchil islohotlar, bu boradagi xalqaro hamkorlik hamda O‘zbekiston va Hindistonda yoshlarning zamonaviy va sifatli ta’lim olishi uchun  yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar haqida ma’lumotlar taqdim etildi.  

Qayd etilganidek, bugun O‘zbekistonda Hindistonning to‘rtta universitet kampusi muvaffaqiyatli faoliyat yuritib,  mamlakatning boshqa yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. Yurtimiz universitetlarida besh mingdan ziyod hind talabalari tahsil olmoqda,  bu ko‘rsatkich yanada oshishi kutilmoqda.  

Sandjay Murti Hindiston O‘zbekiston bilan oliy ta’lim sohasida o‘zaro hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanini alohida ta’kidladi. Tomonlar bu borada samaradorlikni oshirish maqsadida yangi loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qildi. O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Hindiston Ta’lim vazirligi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada faollashtirsh, professor-o‘qituvchilar tarkibi va talabalar almashinuvini, yosh tadqiqotchi olimlarning malakasini oshirish bo‘yicha qo‘shma faoliyatni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan kompleks hujjat qabul qilish yuzasidan yakdil fikr bildirildi.  

Qayd etilganidek, bu jarayonda fan, texnologiyalar, muhandislik va matematika (Science, Technology, Engineering and Math – STEM) sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashga hamda Hindistonning Dehli, Mumbay, Chennai, Bangaloredagi texnologiya  institutlari  va xalqaro reytinglarda yuqori o‘rinlarni egallagan boshqa oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash istiqbollariga alohida e’tibor qaratiladi.  

Aziza Alimova tayyorladi, O‘zA