Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oliy ta’lim muassasasi ilmiy salohiyatiga 2 mln. dollardan ortiq sarmoya kiritiladi
20:06 / 2025-12-05

Avstraliyaning "Micromine Australia Pty Ltd" kompaniyasi va NITU "MISIS"ning Olmaliq shahridagi filiali o‘rtasida kon-metallurgiya sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash va innovatsion yechimlarni ishlab chiqish sohasida hamkorlik to‘g‘risida yirik shartnoma imzolandi.

Erishilgan kelishuvga muvofiq, xorijiy investor o‘z mablag‘lari hisobidan "MISIS" filiali negizida umumiy qiymati 2,1 million AQSH dollaridan ortiq bo‘lgan sun’iy intellektga  joriy etilgan va bugungi kunda eng ilg‘or o‘quv-ta’lim IT laboratoriya platformasini yaratdi.

Ushbu IT laboratoriya platformasi yer osti konlarini rejalashtirish uchun maxsus ishlab chiqilgan yechim bo‘lib, muhandislarga barcha tafsilotlarni hisobga olgan holda real va amalga oshirish mumkin bo‘lgan rejalarni yaratishga yordam beradi. "Micromine" kompaniyasining zamonaviy texnologiyalari va maxsus sun’iy intellekt vositalaridan foydalangan holda, murakkab yer osti sharoitlarini yuqori aniqlikda modellashtirish orqali rejalashtirishda fundamental yondashuvni qo‘llash imkonini beradi.

Taqdim etilgan imkoniyatlar talabalarga zamonaviy kasbiy dasturiy ta’minot bilan ishlashga imkon beradi, konchilikning axborot texnologiyalarini o‘rganish bo‘yicha tayyorgarlik sifatini va bitiruvchilarning mehnat bozorida, shuningdek, umuman sanoatda raqobatbardoshligini oshiradi.

Xorijiy investor vakillari universitetning ta’lim va ilmiy infratuzilmasini rivojlantirishni sarmoyaviy qo‘llab-quvvatlashda, shuningdek, tog‘-kon sanoatida hamkorlikni mustahkamlash va raqamli imkoniyatlarni kengaytirishda davom etishga tayyor ekanliklarini bildirdi.

Avstraliyaning "Micromine" kompaniyasi 1986 yilda tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda geologiya-qidiruvdan tortib konlarni rejalashtirishgacha bo‘lgan tog‘-kon sanoatining butun zanjiri uchun dasturiy ta’minotning dunyodagi eng yirik yetkazib beruvchisi hisoblanadi. Kompaniya 90 dan ortiq mamlakatlarda faoliyat yuritadi, 50 dan ortiq konlar va 3000 dan ortiq turli loyihalari mavjud. Jumladan, Yevropa Ittifoqi, Amerika, Afrika va Markaziy Osiyo mamlakatlarida, shuningdek, Rossiya, Avstraliya, Kanada, Buyuk Britaniya, AQSH va boshqa mamlakatlarda.

Eslatib o‘tamiz, "MISIS"ning Olmaliq filiali 2018 yilda O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari tashabbusi bilan tashkil etilgan. Filialni tashkil etish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi va 2018 yil 11 maydagi tegishli qarorlari bilan rasmiylashtirilgan.

M.Qosimova, O‘zA