English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oliy ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili an’anaviy tarzda boshlanadimi?
11:04 / 2021-08-19

Yangi o‘quv yili boshlanishiga ham sanoqli kunlar qolmoqda. Tabiiyki, koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq murakkab vaziyatda 2021/2022 o‘quv yilining qay tarzda boshlanishi barchaga qiziq.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan OTMlarning pandemiya sharoitida sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilgan holda ta’lim jarayonini an’anaviy (oflayn) tarzda tashkil etish bo‘yicha tayyorgarlik holati o‘rganilmoqda, deya xabar qilmoqda vazirlik matbuot xizmati.  

 Qayd etilishicha, o‘rganishlar natijasiga ko‘ra tegishli ma’lumotlar Vazirlar Mahkamasiga taqdim etiladi. Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish yuzasidan yakuniy xulosa tasdiqlangandan so‘ng vazirlik sayti va ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalari orqali e’lon qilinadi.  

 Shu o‘rinda vazirlik talabalardan sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilishni, ularning ota-onalari ham farzandlari sog‘lig‘iga mas’uliyat bilan qarashi va albatta, vaksinatsiya jarayonida faol ishtirok etishlarini so‘ragan.  

 

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA