Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oliy ta’lim muassasalarida qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi
14:55 / 2025-11-06

Toshkent shahar hokimligi mas’ullari tomonidan bir qator oliy ta’lim muassasalarida qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari o‘rganildi.

Talabalar uchun qulay muhit yaratish, ularning salomatligi va xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan ishlarni tizimli ravishda davom ettirish maqsadida tashkil etilgan tekshiruv ishlarida dastlab mas’ullar Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti hamda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Milliy tadqiqot universitetida bo‘lib, qish mavsumida talabalar uchun yaratilayotgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Jumladan, talabalar turar joylari, isitish tizimlari, energiya tejamkorlik choralari va sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi holati atroflicha ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv davomida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, talabalarning qish mavsumida qulay yashash va ta’lim olish sharoitlarini ta’minlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA