Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida intellektual olimpiada o‘tkazilmoqda
16:51 / 2022-12-15

Ma’lumki, Prezidentimizning joriy yil 20 yanvardagi “Zakovat” intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, har yili “Intellektual olimpiada” o‘tkazish belgilab qo‘yilgan.

Shunga ko‘ra, Yoshlar ijod saroyida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi va “Zakovat” intellektual klubi” NNT hamkorligida talabalar o‘rtasida “Intellektual olimpiada” bo‘lib o‘tdi.  

Har bir OTMdan 12 nafar ishtirokchi, xususan, 7 nafari – “Zakovat”, breyn-ring, shaxsiy o‘yin, erudit-kvartet uchun, 4 nafari shaxmat-shashka va 1 nafardan OTM murabbiyi qatnashgan olimpidada ishtirokchilar 6 turdagi o‘yinda bellashmoqda.  

Jumladan, “Zakovat” o‘yinining sportcha versiyasi, breyn-ring, shaxsiy o‘yin, erudit-kvartet hamda shaxmat-shashka bo‘yicha musobaqalar davom etmoqda. Umumjamoa hisobida g‘oliblar olimpiada dasturidagi o‘yinlarda erishilgan g‘alabalar va beriladigan ballar soniga qarab aniqlanadi.  

Olimpiada joriy yil 17 dekabrga qadar davom etadi.  

Gulnoza Boboyeva, O‘zA