Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oliy ta’limda barqaror rivojlanish uchun xalqaro hamkorlik
12:39 / 2019-11-26

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Bryusselda “YeI – Markaziy Osiyo: Ta’lim orqali barqaror rivojlanish” mavzusida ta’lim masalalariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Tadbir Finlyandiya raisligidagi Yevropa ittifoqi tashabbusi bilan tashkil etildi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vaziri o‘rinbosari U. Begimqulov boshchiligida oliy ta’lim muassasalari rektorlaridan iborat delegatsiya ushbu xalqaro konferensiyada ishtirok etdi.

Xalqaro konferensiyada Yevropa ittifoqi va Markaziy Osiyo davlatlarining ta’lim masalalari bo‘yicha yuqori lavozimdagi mutaxassislari ishtirok etib, ta’lim sifatini oshirish, malakali kadrlar tayyorlash va ularni ish bilan ta’minlash kabi dolzarb masalalarda muhokamalar bo‘lib o‘tdi.

Bugungi kunda O‘zbekiston YeI davlatlari bilan oliy ta’lim sohasida Erazmus + dasturi va Markaziy Osiyo ta’lim platformasi kabi loyihalar doirasida hamkorlik qilib kelmoqda.

Tadbir davomida vazirlik delegatsiyasi Yevropa ittifoqidagi nufuzli universitetlar vakillari bilan uchrashuv o‘tkazib, o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini o‘rnatish yuzasidan muzokaralar o‘tkazdi.