Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oliy sudning rasmiy axboroti
17:51 / 2024-02-26

Bugun, 2024 yil 26 fevral kuni, Toshkent shahar sudida “Dok-1 Maks” dori vositasi bilan bog‘liq jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni tugab, sud hukmi e’lon qilindi.

Ushbu jinoyat ishi Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati sudyasi Muso Yusupov raisligida birinchi instansiya sudida ko‘rib chiqildi.

Sud hukmiga ko‘ra:

Singx Ragvendra Pratap (1972 yilda Hindiston Respublikasida tug‘ilgan, “Quramax Medikal” MCHJ direktori lavozimida ishlagan) Jinoyat kodeksining 28,209-moddasi 1-qismi bilan aybsiz, deb topilib, Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasi 1-qismi 2, 3-bandlariga asosan oqlandi. Singx Ragvendra PratapJinoyat kodeksining 184-moddasi 3-qismi, 186-3-moddasi 4-qismi “a”, “b” bandlari, 211-moddasi 3-qismi “a” bandi, 213-moddasi 3-qismi “a” bandi va 228-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari, 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga nisbatan 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi. Jazoni o‘tab bo‘lganidan keyin Singx Ragvendra Pratapni O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga chiqarib yuborish belgilandi.

B. Kambaraliyev (1978 yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan, “Quramax Medikal” MCHJ savdo direktori lavozimida ishlagan) Jinoyat kodeksining 184-moddasi 3-qismi va 241-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor, deb topilib, unga nisbatan 4 yil 3 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Jinoyat kodeksining 62-moddasiga asosan o‘tash uchun 3 yil 11 oy 18 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirildi.

N. Mirzaaxmedova (1992 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, “Quramax Medical” MCHJ ro‘yxatga olish bo‘yicha menejeri lavozimida ishlagan) Jinoyat kodeksining 28,186-3-moddasi 4-qismi “a”, “b” bandlari va 228-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari, 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor, deb topilib, unga nisbatan 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi. N. Mirzaaxmedovaga nisbatan Jinoyat kodeksning 72-moddasiga asosan tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish jazosi shartli hisoblanib, 3 yil sinov muddati belgilandi.

E. Mirzaaxmedov (1976 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, “Quramax Medical” MCHJ bosh hisobchisi lavozimida ishlagan) Jinoyat kodeksining 184-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor, deb topilib, unga nisbatan 4 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

S. Kariyev (1982 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori va uning huzuridagi “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUK direktori lavozimlarida ishlagan) Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi 4-qismi “a”, “b” bandlari va 209-moddasi 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor, deb topilib, unga nisbatan 2 yil 6 oyga davlat idoralarida rahbarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

A. Azimov (1993 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUK direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan) Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi 4-qismi “a”, “b” bandlari, 25,205-moddasi 1-qismi, 209-moddasi 2-qismi “a” bandi va 210-moddasi 2-qismi “g” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor, deb topilib, unga nisbatan 2 yil 6 oyga davlat idoralarida rahbarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 16 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

N. Musayev (1988 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUK direktori o‘rinbosari, Farmakopeya qo‘mitasi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi lavozimlarida ishlagan) Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi 4-qismi “a”, “b” bandlari, 25,205-moddasi 1-qismi, 209-moddasi 2-qismi “a” bandi va 210-moddasi 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor, deb topilib, unga nisbatan 2 yil 6 oyga davlat idoralarida rahbarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 16 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

G. Saliyeva (1987 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUK direktori yordamchisi, ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan) Jinoyat kodeksining 207-moddasi 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor, deb topilib, unga nisbatan 2 yilga davlat idoralarida rahbarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Jinoyat kodeksining 62-moddasiga asosan o‘tash uchun 1 yil 10 oy 10 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirildi.

Sh. Shodmanov (1992 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan, “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUK ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi vitse-boshlig‘i lavozimida ishlagan) Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi 4-qismi “a”, “b” bandlari, 25,205-moddasi 1-qismi, 209-moddasi 2-qismi “a” bandi, 28,210-moddasi 3-qismi “a” bandi va 210-moddasi 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor, deb topilib, unga nisbatan 2 yil 6 oyga davlat idoralarida rahbarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 16 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

J. Erkiniy (1993 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUK ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi bosh mutaxassisi lavozimida ishlagan) Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi 4-qismi “a”, “b” bandlari va 212-moddasi 3-qismi “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor, deb topilib, unga nisbatan 2 yilga farmatsevtika sohasidagi davlat idoralarida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Jinoyat kodeksining 62-moddasiga asosan o‘tash uchun 4 yil 6 oy 26 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirildi.

S. Saidov (1975 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUK Farmakologiya qo‘mitasi raisi lavozimida ishlagan) Jinoyat kodeksining 207-moddasi 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor, deb topilib, unga nisbatan 2 yilga davlat idoralarida rahbarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 4 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

J. Shamshetov (1991 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasida tug‘ilgan, “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUK ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi bosh mutaxassisi lavozimida ishlagan), A. Djalilov (1992 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUK Farmakopeya qo‘mitasi yetakchi mutaxassisi lavozimida ishlagan) va G. Xalilova (1963 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUK Farmakologiya qo‘mitasi yetakchi mutaxassisi) Jinoyat kodeksining 116-moddasi 4-qismi “a”, “b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor, deb topilib, ularning har biriga nisbatan 2 yilga farmatsevtika sohasidagi davlat idoralarida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 5 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

G. Boltabayeva (1968 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUK dori vositalari sifatini nazorat qilish va standartlashtirish laboratoriyasi mudiri) Jinoyat kodeksining 207-moddasi 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor, deb topilib, unga nisbatan 2 yilga davlat idoralarida bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

M. Xamdamov (1985 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, “Dori vositalarini standartlashtirish ilmiy markazi” MCHJ direktori lavozimida ishlagan) jinoyat ishi doirasidagi bitta epizod bo‘yicha Jinoyat kodeksining 209-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan aybsiz, deb topilib, Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasi 1-qismi 1-bandiga asosan oqlandi. M. Xamdamov Jinoyat kodeksining 205-moddasi 1-qismi, 207-moddasi 3-qismi “a” bandi va 209-moddasi 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor, deb topilib, unga nisbatan 2 yil 6 oyga davlat idoralarida rahbarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 4 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Jinoyat kodeksining 62-moddasiga asosan o‘tash uchun 2 yil 10 oy 1 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirildi.

Sh. Xolmurodov (1992 yilda Navoiy viloyatida tug‘ilgan, “Dori vositalarini standartlashtirish ilmiy markazi” MCHJ Sertifikatlashtirish organi rahbari lavozimida ishlagan) jinoyat ishi doirasidagi bitta epizod bo‘yicha Jinoyat kodeksining 209-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan aybsiz, deb topilib, Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasi 1-qismi 1-bandiga asosan oqlandi. Sh. Xolmuroodov Jinoyat kodeksining 205-moddasi 1-qismi, 207-moddasi 3-qismi “a” bandi va 209-moddasi 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor, deb topilib, unga nisbatan 2 yil 6 oyga davlat idoralarida rahbarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 4 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Jinoyat kodeksining 62-moddasiga asosan o‘tash uchun 3 yil 4 oy 24 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirildi.

N. Shukurullayeva (1988 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasida tug‘ilgan, “Dori vositalarini standartlashtirish ilmiy markazi” MCHJ Sinov markazi rahbari) jinoyat ishi doirasidagi bitta epizod bo‘yicha jinoyat kodeksining 209-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan aybsiz, deb topilib, Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasi 1-qismi 1-bandiga asosan oqlandi. N. Shukurullayeva Jinoyat kodeksining 205-moddasi 1-qismi “a” bandi, 207-moddasi 3-qismi “a” bandi va 209-moddasi 2-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor, deb topilib, unga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 110 baravari miqdorida, ya’ni 33 000 000 so‘m jarima jazosi tayinlandi. Jinoyat kodeksning 62-moddasiga asosan 17 190 000 so‘m jarima jazosi qoldirilib, tayinlangan jarimani davlat foydasiga undirish belginadi.

Sh. Abduganiyev (1985 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, “Dori vositalarini standartlashtirish ilmiy markazi” MCHJ direktori o‘rinbosari lavozimida ishlagan), F. Fayziyev (1986 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, “Dori vositalarini standartlashtirish ilmiy markazi” MCHJ Sertifikatlashtirish organi rahbari o‘rinbosari lavozimida ishlagan) va I. Mirzayoqubov (1991 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan, “Dori vositalarini standartlashtirish ilmiy markazi” MCHJ Sinov markazi rahbari o‘rinbosari lavozimida ishlagan) Jinoyat kodeksining 209-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan aybsiz, deb topilib, Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasi 1-qismi 1-bandiga asosan oqlandi. Sh. Abduganiyev, F. Fayziyev va I. Mirzayoqubov Jinoyat kodeksining 205-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor, deb topilib, ularning har biriga nisbatan 2 yilga farmatsevtika sohasidagi davlat idoralarida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 2 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. 

F. Talipov (1977 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” DUK ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi bosh mutaxassisi, Farmakologiya qo‘mitasi bosh mutaxassisi lavozimlarida ishlagan) Jinoyat kodeksining 214-moddasi 3-qismi “a” bandi va 228-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari, 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor, deb topilib, unga nisbatan 3 yil 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni manzil-koloniyalarda o‘tash belgilandi.

F. Nazarov (1970 yilda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan, “Origin Solution” va “Medreg” MCHJlar direktori) Jinoyat kodeksining 228-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari, 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor, deb topilib, unga nisbatan ish haqining 20 foizini davlat daromadiga ushlab qolgan holda 3 yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

Sudlanuvchilar Singx Ravendra Pratap, N. Mirzaaxmedova, S. Kariyev, A. Azimov, N. Musayev, Sh. Shodmanov va J. Erkiniydan solidar tartibda “Dok-1 Maks” va “Ambronol” dori vositalaridan zaharlanib, vafot etgan 68 nafar marhum va 4 nafar sog‘lig‘i o‘ta og‘ir ahvoldagi bolaning qonuniy vakillarining har biriga 1 000 000 000 so‘mdan, sog‘lig‘ining ahvoli qoniqarli bo‘lgan 4 nafar bolaning qonuniy vakillarining har biriga 500 000 000 so‘mdan hamda sog‘lig‘i yaxshilangan 8 nafar bolaning qonuniy vakillarining har biriga 200 000 000 so‘mdan ma’naviy zarar undirilishi belgilandi.

Sudlanuvchi Sh. Shodmanovdan olgan pora miqdori qiymati – 881 814 000 so‘mni, sudlanuvchilar A. Azimov va N. Musayevdan solidar tartibda – 93 810 000 so‘mni davlat foydasiga undirish belgilandi.

Jabrlanuvchilarning qonuniy vakillariga jinoyat doirasida yetkazilgan moddiy zararlarni undirish masalasida fuqarolik ishlar bo‘yicha sudlariga murojaat qilish huquqi tushuntirildi.

Singx Ravendra Pratap, B. Kambaraliyev va E. Mirzaaxmedovdan solidar tartibda 5 420 177 400 so‘m soliq qarzdorligi davlat foydasiga undirilishi belgilandi.

Birinchi instansiya sudining hukmidan norozi taraflar hukm e’lon qilingan kundan boshlab, sudlanuvchi va jabrlanuvchilar hukm nusxasini olgan kundan boshlab o‘n sutka ichida apellyatsiya tartibida yoki hukm qonuniy kuchga kirgandan so‘ng kassatsiya tartibida Toshkent shahar sudiga shikoyat berishi, prokuror protest keltirishga haqliligi ma’lum qilinadi.

O‘zA