French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oliy sud: Xorazmdagi voqea yuzasidan kassatsiya sudi 6 aprelga belgilandi
08:50 / 2023-04-04

Oliy sud axborot xizmati rahbari Aziz Abidov ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘layotgan jinoyat ishi yuzasidan ma’lumot berdi:

Oliy sudning jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atiga Xorazm viloyati sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasining 2022 yil 27 dekabrdagi ajrimini A. M. va A. Q. ga oid qismini bekor qilib, ishni yangitdan apellyatsiya instansiyasi sudida ko‘rish uchun yuborish to‘g‘risidagi Xorazm viloyat prokuraturasining kassatsiya tartibidagi protesti kelib tushdi.

Ushbu protest Oliy sudning jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida kassatsiya tartibida joriy yilning 6 aprel kuni Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora ko‘rilishi) talablariga muvofiq yopiq sud majlisida ko‘rib chiqilishi ma’lum qilinadi.

Qo‘shimcha ma’lumot sud jarayoni yakuni bo‘yicha beriladi.

O‘zA