French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oliy sud: Xorazmdagi noxush voqea bo‘yicha yopiq sud majlisi bo‘lib o‘tdi
14:00 / 2023-04-06

Oliy sud axborot xizmati rahbari Aziz Abidov ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘layotgan A. M. va A. Q. ga oid jinoyat ishi yuzasidan 6 aprel kuni sud majlisi bo‘lib o‘tishi haqida xabar bergan edi.

Sud majlisi bo‘yicha esa bugun quyidagilarni ma’lum qildi:

Bugun Oliy sudning jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’atida Xorazm viloyati sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati apellyatsiya instansiyasining 2022 yil 27 dekabrdagi ajrimining A. M. va A. Q. ga oid qismini bekor qilib, ishni yangidan apellyatsiya instansiyasi sudida ko‘rish uchun yuborish to‘g‘risidagi Xorazm viloyati prokuraturasining kassatsiya tartibidagi protesti yopiq sud majlisida ko‘rib chiqildi.

Oliy sud jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati kassatsiya instansiyasining 2023 yil 6 apreldagi ajrimi bilan Xorazm viloyati prokuraturasining kassatsiya tartibidagi protesti qanoatlantirilib, ushbu jinoyat ishini yangidan apellyatsiya instansiya sudida ko‘rish uchun yuborilishi belgilandi.

O‘zA