Oliy sud Trampni qo‘llashda davom etmoqda
AQSH Oliy sudi Prezident Donald Tramp ma’muriyatiga muhojirlarni vatanidan boshqa mamlakatga deportatsiya qilish jarayonini tiklashga ruxsat berdi. Bu haqda BBC yozgan.
Uch nafar liberal sudya sud qaroridan norozi bo‘lib, bu "qonunsizlikni mukofotlash" ekanini da’vo qildi.
Bu ish Myanma, Janubiy Sudan, Kuba, Meksika, Laos va Vetnamdan kelgan, mamlakatdan may oyida Janubiy Sudanga uchgan samolyotda chiqarib yuborilgan sakkiz muhojirga tegishli. Tramp ularni "yomonlarning eng yomoni" deb atagan.
Gumondorlarni himoya qilgan Milliy immigratsiya sudlari alyansi ko‘rilgan chorani “dahshatli” deya baholagan.
Musulmon Ziyo, O‘zA