2024 yilda iqtisodiy sudlar tomonidan birinchi instansiyada 436 ming 102 ish ko‘rib chiqilib, hal etilgan. Shundan da’vogarlar foydasiga 27,5 trillion so‘m undirish haqida sud qarorlari qabul qilingan.
– O‘tgan davrda eng ko‘p ishlar Toshkent shahar, Toshkent, Surxondaryo, Jizzax va Farg‘ona viloyatlari iqtisodiy sudlari tomonidan ko‘rib, hal etilgan, – dedi Oliy sud axborot xizmati rahbari Aziz Obidov. – Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini huquqiy himoya qilishga oid 68 ming 567 iqtisodiy ish ko‘rib chiqildi hamda ular foydasiga 6,7 trillion so‘m undirilishi belgilandi.
Hisobot davrida iqtisodiy sudlarda ko‘rilgan ishlarning asosiy qismini banklardagi hisob varaqlar bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish, mahsulot yetkazib berish, kommunal xizmat ko‘rsatish, to‘lovga qobiliyatsizlikka oid hamda kredit shartnomalaridan kelib chiqadigan nizolar tashkil etdi.
Apellyatsiya tartibida 6 ming 257 iqtisodiy ish ko‘rib chiqildi. Birinchi instansiya sudlari tomonidan chiqarilgan 852 qaror bekor qilinib, 607 sud qarori o‘zgartirildi.
Kassatsiya tartibida 2 ming 250 iqtisodiy ish ko‘rib chiqildi. Birinchi instansiya sudlari tomonidan chiqarilgan 390 qaror bekor qilinib, 253 sud qarori o‘zgartirildi.
Taftish tartibida 2 ming 360 iqtisodiy ish ko‘rib chiqildi. Quyi instansiya sudlari tomonidan chiqarilgan 255 qaror bekor qilinib, 94 sud qarori o‘zgartirildi.
Oliy sudning iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan taftish tartibida 426 ish ko‘rib chiqildi. Quyi sudlar tomonidan chiqarilgan 136 qaror bekor qilinib, 30 ta sud qarori o‘zgartirildi.
N.Abduraimova, O‘zA