Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oliy sud O‘zbekistonda taqiqlangan manbalar ro‘yxatini e’lon qildi
10:01 / 2026-01-13

Oliy sud rasmiy veb-saytida sud tomonidan ekstremistik yoki terroristik deb topilgan hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyati taqiqlangan tashkilotlar, veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqlar va mobil messenjerlar ro‘yxatini e’lon qilib kelinmoqda.

Oliy sud axborot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, mamlakatimiz hududiga olib kirish, tayyorlash, tarqatish va namoyish etish taqiqlangan manba va kontentlar (materiallar) ro‘yxati Oliy sudning rasmiy veb-saytidagi “Ochiq ma’lumotlar” ruknida muntazam ravishda yangilangan holda e’lon qilib borilmoqda. 

Ekstremizm va terrorizm singari buzg‘unchi g‘oyalar bilan yo‘g‘rilgan bunday manbalar hayotiy tajribasi va diniy bilimlari yetarli bo‘lmagan ba’zi yoshlarga ta’sir o‘tkazib, ularning ongida yovuzlik, qo‘poruvchilik singari illatlarni shakllantirishi hech gap emas. 

Aytish joizki, bunday buzg‘unchilik va vayronakorlikni targ‘ib qiluvchi manba va materiallarni sud tartibida taqiqlash amaliyoti xorijiy davlatlarda ham keng qo‘llaniladi. 

Oliy sud tomonidan 2026 yil 10 yanvar holatiga ko‘ra ekstremizm va terrorizm g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi, deb topilgan taqiqlangan manba va kontentlar ro‘yxati yangilandi.

Mazkur materiallar ekstremistik g‘oyalarni tarqatish, zo‘ravonlik va terrorizmni oqlash, konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz qilish alomatlarini o‘z ichiga olgan deb baholangan.

Qonunchilikka muvofiq, ushbu manbalarni tarqatish, saqlash yoki targ‘ib qilish ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin.

Oliy sud fuqarolar, ota-onalar va yoshlarni diniy aqidaparastlik, ekstremizm va terrorizm tuzog‘iga tushib qolishdan doimo saqlanishga chaqirdi. 

N.Abduraimova,

O‘zA