French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oliy sud: o‘tgan yilda 7,5 mingga yaqin fuqaro va yuridik shaxslarning huquqlari tiklandi
15:24 / 2023-01-24

Sudlarga murojaat qilayotgan fuqarolar va yuridik shaxslarning huquqlari himoyasi qanday ta’minlanmoqda? Bu savolga Oliy sud axborot xizmati rahbari Aziz Abidov javob berdi:

– Sudlarga asosan ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan murojaatlar ko‘proq tushadi. 2022 yil davomida ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar bo‘yicha sudlarda 15 ming 347 ish ko‘rib chiqildi. Natijada 7,5 mingga yaqin fuqaro va yuridik shaxslarning huquqlari tiklandi.  

Hisobot davrida ma’muriy organlarning va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi 9 ming 215 ish ko‘rib chiqildi. Xususan, hokimlar qarorlarini haqiqiy emas deb topish bilan bog‘liq ko‘rib tamomlangan ishlar soni 4 ming 623 tani tashkil qilib, shundan jismoniy va yuridik shaxslarning 1,7 ming arizasi qanoatlantirilgan.  

Viloyat va unga tenglashtirilgan ma’muriy sudlar tomonidan apellyatsiya tartibida 3 ming 720 ta ish ko‘rib chiqildi. Quyi sudlar tomonidan chiqarilgan 606 qaror bekor qilinib, 76 qaror o‘zgartirildi.  

Oliy sud ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan kassatsiya tartibida 2 ming 982 shikoyat va protestlar o‘rganib chiqildi. Shundan 1 ming 470 tasi ish materiallari asosida ko‘rib chiqildi. Natijada quyi sudlar tomonidan chiqarilgan qarorlarning 262 tasi bekor qilinib, 6 tasi o‘zgartirildi.  

Kassatsiya instansiyasida 56 ta ish takroran ko‘rib chiqilib, sud qarorlarining 41 tasi bekor qilindi va 1 tasi o‘zgartirildi.  

Iqtisodiy yo‘nalishda esa 2022 yil davomida sudlar tomonidan birinchi instansiyada 277 ming 865 ish ko‘rib chiqilib, hal etildi. Shundan da’vogarlar foydasiga 16,2 trillion so‘m undirish haqida sud qarorlari qabul qilindi.  

Tahlillar eng ko‘p iqtisodiy ishlar Toshkent shahri, Toshkent, Qashqadaryo, Farg‘ona, Samarqand va Namangan viloyatlari sudlarida  ko‘rib chiqilgan.  

Iqtisodiy sudlar tomonidan hal etilgan ishlarning 4 ming 525 tasi videokonferensaloqa rejimida ko‘rildi. Natijada taraflarning 3,2 milliard so‘mdan ortiq mablag‘i tejab qolindi.  

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini huquqiy himoya qilishga oid 55 ming 882 iqtisodiy ish ko‘rib chiqildi hamda ular foydasiga 4,5 trillion so‘m miqdorida mablag‘ undirib berildi.  

Hisobot davrida iqtisodiy sudlarda ko‘rilgan ishlarning asosiy qismini banklardagi hisobvaraqlar bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish, korxonalarning bankrotligiga oid ishlar hamda mahsulot yetkazib berish, kredit, kontraktatsiya, kommunal xizmat ko‘rsatish shartnomalaridan kelib chiqadigan nizolar tashkil etdi.  

Apellyatsiya tartibida 6 ming 706 iqtisodiy ish ko‘rib chiqildi. Quyi sudlar tomonidan chiqarilgan mingdan ziyod qaror bekor qilinib, 602 sud qarori o‘zgartirildi.  

Oliy sud iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan kassatsiya tartibida 1 ming 474  iqtisodiy ish ko‘rib chiqildi. Quyi sudlar tomonidan chiqarilgan 465 qaror bekor qilinib, 62 sud qarori o‘zgartirildi. Shuningdek, kassatsiya instansiyasida 56 ta iqtisodiy ish takroran ko‘rib chiqildi. 46 qaror bekor qilinib, 6 ta qaror o‘zgartirildi.  

 

N.Abduraimova,  

O‘zA