Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oliy sud: mansabdor shaxslarning 2 ming 750 xatti-harakati (harakatsizligi) qonunga xilof, deb topildi
09:48 / 2026-01-21

Sudlar tomonidan o‘tgan yilda ko‘rib chiqilgan ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar qanday natija ko‘rsatdi? Bu savolga Oliy sud axborot xizmati rahbari Aziz Obidov javob berdi:

– Ma’muriy sudlar tomonidan 2025 yilda 17 ming 714  ommaviy nizo ko‘rib chiqildi. Natijada 7 ming nafarga yaqin fuqaro va yuridik shaxslarning huquqlari tiklandi. 

Ma’muriy va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining qarorlari ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi 8 ming 646 ariza (shikoyat) ko‘rilgan bo‘lib, haqiqiy emas deb topilgan qarorlar 3 ming 730 tani tashkil etdi. 

Jumladan, mahalliy hokimliklarning 2 ming 43 qaroridan 611 tasi, soliq organlarining 1 ming 593 qaroridan 743 tasi, Kadastr agentligining 1 ming 594 qaroridan 449 tasi haqiqiy emas, deb topildi. 

Shuningdek, 7 ming 49 ariza (shikoyat) asosida mansabdor shaxslarning 2 ming 750 xatti-harakati (harakatsizligi) qonunga xilof, deb topildi.

Aniqlangan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish maqsadida 3 ming 314 xususiy ajrim chiqarilib, ma’muriy va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlariga yuborildi. 

Viloyat va unga tenglashtirilgan ma’muriy sudlar tomonidan apellyatsiya tartibida 3 ming 120 ish ko‘rib chiqildi. Birinchi instansiya sudlari tomonidan chiqarilgan 394 qaror bekor qilinib, 22 qaror o‘zgartirildi. Kassatsiya tartibida 1 ming 417 ish ko‘rib chiqildi. 

Birinchi instansiya sudlari tomonidan chiqarilgan 230 qaror bekor qilinib, 9 qaror o‘zgartirildi. Taftish tartibida 1 ming 671 ish ko‘rib chiqildi. Quyi instansiya sudlari tomonidan chiqarilgan 141 qaror bekor qilinib, 4 qaror o‘zgartirildi.

Oliy sudning Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan taftish tartibida 1 ming 531 shikoyat va protest o‘rganib chiqildi. Shundan 289 tasi ish materiallari asosida ko‘rib chiqildi. Natijada quyi sudlar tomonidan chiqarilgan qarorlarning 125 tasi bekor qilindi, bitta qaror esa o‘zgartirildi.

N.Abduraimova,

O‘zA