Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oliy o‘quv dargohlariga kirish uchun belgilangan imtiyozlar optimallashadi
19:37 / 2022-01-12

Vazirlar Mahkamasi "Madaniyat, san’at va sport yo‘nalishlari bo‘yicha oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun belgilangan imtiyozlar optimallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qarorini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Hukumatning "O‘zbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida"gi qarorining ayrim bandlariga o‘zgartirishlar kiritilgan. Jumladan, 4-ilovaning 4-bandida "musiqa" so‘zi "raqs, teatr, folklor yo‘nalishlari" so‘zlari bilan boyigan. 5-ilovaning 1-bandidagi "sportning olimpiya turlari, shu jumladan, sportning texnik va amaliy turlari, "Kurash, milliy sport turi, shaxmat, shashka, avtomobil va mototsikl sporti, sportning aviamodel va raketamodel" so‘zlari "Olimpiya va paralimpiya o‘yinlari dasturlariga kiritilgan sportning olimpiya va paralimpiya turlari bo‘yicha faqat oliy ta’lim muassasalarining jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ta’lim yo‘nalishlari" so‘zlari bilan almashtiriladi.

2- band quyidagi tahrirda o‘qiladi:

"2.Respublika (1 o‘rin) va xalqaro tanlovlar va sport musobaqalarining (Olimpiya va Paralampiya o‘yinlari dasturlariga kiritilgan sportning olimpiya va paralimpiya turlari bo‘yicha Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari, jahon va Osiyo chempionatlarida oxirgi to‘rt yilda hamda respublika chempionatlarida oxirgi bir yilda g‘olib va sovrindor (1-3 o‘rin) individual turlarida g‘olib chiqqan akademik litseylar, professional ta’lim muassasalari va umumta’lim maktablarining bitiruvchilari oliy ta’lim muassasasiga test sinovlarisiz va qo‘shimcha imtihonsiz qabul qilinadilar, musiqa, raqs, teatr, folklor, shuningdek tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn yo‘nalishlaridagi tanlovlar bundan mustasno".

2-1 band quyidagicha bayon qilinadi:

"2-1. Kattalar va yoshlar o‘rtasida Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari dasturlariga kiritilgan sportning olimpiya va paralimpiya turlari bo‘yicha Olimpiya va Paralimpiya, Osiy va Paraosiyo o‘yinlari, jahon va Osiyo chempionatlarida oxirgi to‘rt yilda hamda respublika chempionatlarida oxirgi bir yilda g‘olib va sovrindorlar (1-3 o‘rin) bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim maktablari, o‘rta maxsus professional ta’lim muassasalarining bitiruvchilari oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun hujjatlar qabul qilish boshlanguniga qadar oliy ta’lim muassasalarining jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ta’lim yo‘nalishlariga qo‘shimcha davlat granti asosida kunduzgi, sirtqi, kechki ta’lim shakllariga imtihon sinovlarisiz qabul qilinadilar"...

O‘zA