Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oliy ma’lumotli kadrlar ko‘paymoqda
12:37 / 2023-05-11

Buxoro viloyati maktabgacha ta’lim tashkilotlarida oliy ma’lumotli pedagoglar ulushi 39,4 foizga yetdi. Bu haqida Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati ma’lum qildi.

2017 yilda viloyatdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 3537 nafar pedagog faoliyat yuritgan bo‘lsa, ularning 935 nafari, ya’ni 26,4 foizini oliy ma’lumotli kadrlar tashkil etgan. Keyingi yillarda tizim faoliyati samaradorligini oshirish borasida olib borilgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida pedagog kadrlar salohiyati ham sezilarli darajada oshirildi. 

Ayni paytda viloyatdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 11 278 nafar pedagoglar faoliyat olib borayotgan bo‘lsa, ularning 4 404 nafari, ya’ni 39,4 foizi oliy ma’lumotga ega. 6 874 nafari, ya’ni, 60,6 foizi o‘rta-maxsus ma’lumotli pedagoglarni tashkil etmoqda. 

–bugungi kunda pedagoglarning 1 nafari oliy toifa, 42 nafari birinchi, 478 nafari ikkinchi, 3 434 nafari esa mutaxassis malaka toifasiga ega, – deydi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Hidoyat Jumayeva. –Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonida pedagog kadrlarning salohiyatini yanada oshirish va shu orqali tizimda ta’lim sifati samaradorligini yuksaltirish borasida maqsadli ishlar amalga oshirilmoqda.

 Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori asosida pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan 2-4-bosqich talabalari uchun haftalik o‘quv mashg‘ulotlari “4+2” tartibida, ya’ni, darslarning to‘rt kuni oliy ta’lim muassasasida, ikki kuni maktabgacha ta’lim tashkilotlarida amaliyot o‘tash tartibida olib borilishi belgilangan. Bu borada Buxoro davlat pedagogika instituti bilan ham o‘zaro hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan. 

Zarif KOMILOV, O‘zA