Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oliy Majlis va Shvetsiya Riksdagi hamkorligi mustahkamlanadi
17:27 / 2023-12-13

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Yevropa mamlakatlari va YeI institutlari bilan hamkorlik boshqarmasi delegatsiyasi Stokgolm shahrida Shvetsiya parlamenti – Riksdag deputatlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muzokara chog‘ida mezbon tomonga yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, demokratiya, inson huquqi va qonun ustuvorligini ta’minlash sohasida erishilgan yutuqlar, mamlakatimizning yangilangan Konstitutsiyasi haqida batafsil ma’lumot berildi.

Respublikamizning tashqi siyosiy faoliyati, xalqaro tashabbuslari, dolzarb mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan O‘zbekiston pozitsiyasi ta’kidlandi.

O‘zbekiston Oliy Majlisi va Shvetsiya Riksdagi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan fikr almashildi. Ikki mamlakat parlamentlari o‘rtasida o‘zaro tashrif amaliyotini davom ettirish muhimligi ma’qullandi.

Muloqot yakunida parlamentlararo munosabatni yanada kengaytirish maqsadida muntazam aloqani davom ettirishga kelishib olindi.

O‘zA