Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oliy Majlis Senatining yigirma to‘qqizinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi
10:15 / 2022-08-04

Bugun, 4 avgust kuni, Toshkent shahrida Senatning majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma to‘qqizinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi.

Unda Senat, hukumat  a’zolari, vazirlik va idoralarning vakillari, Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashmoqda.

Videokonferensaloqa tarzida o‘tkazilayotgan yalpi majlisni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norbayeva olib bormoqda.

Yalpi majlisda ko‘rib chiqiladigan masalalarni Senatning YouTube  tarmog‘idagi sahifasi orqali onlayn kuzatib borishingiz mumkin.

O‘zA