Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining besh yillik faoliyatiga nazar
18:30 / 2020-01-04

Parlament quyi palatasida mazkur axborot taqdimotiga bagʻishlangan tadbir oʻtkazildi.


Parlament tarixida ilk bor Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining uchinchi chaqiriqdagi faoliyati yuzasidan axborot tayyorlanib, keng jamoatchilik uchun taqdim etildi.

Parlament quyi palatasida mazkur axborot taqdimotiga bagʻishlangan tadbir oʻtkazildi.

Xoʻsh, Qonunchilik palatasi faoliyatida qaysi yoʻnalishlar ustuvor ahamiyat kasb etdi?

Parlament faoliyatida islohotlarning yangi davri

Davlatimiz rahbarining 2017-yil 12-iyul kuni oʻtkazilgan Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar hamda Oʻzbekiston ekologik harakati vakillari bilan videoselektor yigʻilishi Qonunchilik palatasining faoliyatida keng islohotlar davrini boshlab berdi. Prezidentimizning mazkur uchrashuvdagi dasturiy maʼruzasida parlamentimiz va hokimiyat vakillik organlari uchun yangi siyosiy yoʻl belgilab berildi. Xususan, xalq bilan, xalqning oʻzi tanlagan qonuniy vakillari bilan muloqotning tubdan yangi mexanizmi taklif etildi.

2017-yildan eʼtiboran yangi demokratik institut — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaat bilan chiqish instituti joriy qilindi. Ushbu teran siyosiy va yuridik mazmun-mohiyatga ega boʻlgan muhim institut parlamentning mamlakat hayotidagi roli va oʻrnini chinakamiga oshirish, Oʻzbekistonni rivojlantirishning yangi siyosiy yoʻlidagi muhim ustuvorliklar va vazifalar boʻyicha ijtimoiy hamjihatlikni taʼminlash uchun keng imkoniyatlar eshigini ochdi.

Mamlakatimiz Prezidentining Oliy Majlisga har yili yoʻllaydigan ana shu Murojaatnomalarida belgilangan vazifalar milliy parlamentimizning, butun deputatlar korpusining faoliyatini tubdan modernizatsiya qilishning asosiy negiziga aylandi. Ushbu vazifalarga muvofiq, Oliy Majlis Qonunchilik palatasida qonun ijodkorligi, nazorat-tahlil faoliyati sohasidagi ishlar qisqa muddatda qayta koʻrib chiqilib, sifat jihatidan yangi shakl va usullar joriy etildi.

Taʼsirchan parlament nazorati

Ana shularni oʻzida toʻla qamrab olgan axborotda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy Majlis palatalari rolini oshirishda erishilgan natijalar aniq koʻrsatib oʻtilgan. Xususan, Qonunchilik palatasi faoliyatida ijro hokimiyati faoliyati ustidan taʼsirchan parlament nazorati amalga oshirish kuchaydi. Parlament tarixida ilk bor yangi institut – “hukumat soati” joriy etildi. Bugungi kunga qadar 14 marotaba “hukumat soati” oʻtkazildi. Hisobot davrida jami 82 parlament eshituvi oʻtkazildi. Soʻnggi yillarda parlament va deputatlik soʻrovi soni keskin oshdi. 2015-2019-yillarda 28 ta parlament soʻrovi va 856 ta deputatlik soʻrovlari yuborildi.

Parlament nazoratini yuritishning yangi shakli — hukumatning har choraklik hisobotini eshitish deputatlar faoliyati samaradorligini oshirish yoʻlidagi muhim qadam boʻldi. Shu maʼnoda, parlament tarixida ilk bor 2019-yildan boshlab Vazirlar Mahkamasining tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturi bajarilishining borishi toʻgʻrisidagi hisobotini koʻrib chiqish amaliyoti yoʻlga qoʻyildi.

Qoʻmitalartomonidanoʻtgandavrdajami 171taqonunvaqonunosti hujjatining ijro etilishi holati boʻyicha hududlarda oʻrganishlar oʻtkazildi. Ushbu nazorat-tahlil tadbirlarining yakunlaridan kelib chiqqan holda taklif vatavsiyalarishlabchiqilib,qabulqilinganqarorlarijrohokimiyati organlariga yuborildi. Taʼkidlashjoizki,oʻtkazilganharbirparlamentnazoratitadbiri mansabdorshaxslarishigatanqidiybahoberishgahamdaaniqtakliflarishlab chiqishga qaratildi. Mazkur nazorat-tahlil tadbirlari davlat hokimiyati organlari mansabdor shaxslari tomonidan qonun va qonun osti hujjatlari talablariga qatiy amalqilinishiustidanparlamentvadeputatliknazoratinioʻrnatish imkonini berdi.

Shuningdek, joylarda parlament nazoratini amalga oshirish, deputatlarning saylov okruglaridagi saylovchilar bilan hamkorligining shakllari va usullari, ijro etuvchi hokimiyat organlariga mavjud muammolarni hal etishda koʻmaklashish, hududlarda taʼsirchan parlament nazoratini amalga oshirish mexanizmlari oʻzgartirilib, mutlaqo yangicha mazmun-mohiyat bilan boyitildi. 2017-2018-yillarning oʻzida respublikamizning 137 ta tuman va shahridagi haqiqiy holat bevosita joylarga chiqib oʻrganildi.

Fuqarolarni tashvishlantirayotgan muammolarni, tadbirkorlikni rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni aniqlash uchun xonadonma-xonadon, uyma-uy yurilib, 400 ming nafardan ziyod fuqarolar hamda 14 mingdan ortiq tadbirkorlik subyekti vakillari bilan suhbatlar oʻtkazildi. Ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tizimli ishlar yoʻlga qoʻyildi.

Qonun ijodkorligi faoliyati

Deputatlar korpusi qonun ijodkorligi faoliyatining natijadorligi oshdi, tashabbuskorligi kuchaydi. Agar 2016-yil mobaynida deputatlar tashabbusi bilan jami 11 ta qonun kiritilgan boʻlsa, 2017-yil mobaynida bu koʻrsatkich 27 tani tashkil etib, 2,5 baravar oʻsdi. Keyingi yillarda ham shunday oʻsish kuzatildi. Umuman, chaqiriq mobaynida deputatlar tomonidan kiritilgan qonun loyihalari soni 88 tani tashkil qildi.

8.JPG

Besh yillikda qabul qilingan qonunlarning sifatini yaxshilash boʻyicha aniq choralar koʻrildi. Qonun loyihalarini jamoatchilik muhokamasini tashkil etish tartibi kiritildi. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, ularga ilova qilinayotgan axborot-tahliliy materiallarni yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirishning yagona uslubiyoti tasdiqlandi. Toʻgʻridan-toʻgʻri amal qiluvchi qonunlarda tizimlashtirilishi va unifikatsiya qilinishi lozim boʻlgan qonun hujjatlarini qayta koʻrib chiqish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” qabul qilindi.

Axborotning alohida qismida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-avgustdagi farmoni bilan tasdiqlangan Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasida belgilangan maqsad-vazifalarni amalga oshirish boʻyicha ijro etilgan ishlarga alohida eʼtibor qaratilgan. Konsepsiyada belgilangan vaziflar ijrosi doirasida 20 ta normativ-huquqiy hujjat tayyorlandi, yangi tahrirdagi “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi qonun maromiga yetkazilmoqda, toʻgʻridan-toʻgʻri amal qiluvchi 61 ta qonun loyihalari koʻrib chiqildi.

Yangi tuzilmalar faoliyati

Davlatimiz rahbari tomonidan Qonunchilik palatasiga sogʻliqni saqlash sohasidagi islohotlarni amalga oshirishda mavjud vaziyatni yaxshilashga bosh-qosh boʻlish taklifi bildirilgan. Sogʻliqni saqlash, insonlarning sogʻligʻini taʼminlash, bu boradagi tibbiy xizmatlar sifatini oshirish masalalariga Quyi palataning masʼul qilib belgilanganligi deputatlik korpusining faoliyatiga yangicha muhim yoʻnalish olib kirdi.

Qonunchilik palatasi huzurida Aholiga tibbiy xizmat koʻrsatishni va dori vositalaritaʼminotiniyanadayaxshilash,ushbusohadagiqonunchilikni amaliyotga samarali tatbiq qilish borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish boʻyicha komissiya, Qonunchilik palatasining Fuqarolarning sogʻligʻini saqlash masalalari

qoʻmitasi tashkil etildi. Joylardatibbiyotsohasidaolibborilayotganishlarhamdamavjud muammolar muntazam ravishda oʻrganib, tahlil qilib borilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Yoshlarga oid davlat siyosati sohasida olib borilayotganislohotlarda parlament quyi palatasining rolini oshirishmaqsadida 2017-yilda Qonunchilik palatasining Yoshlar masalalari boʻyichakomissiyasi tuzilib, uning asosiyvazifa va vakolatlari belgilab olindi.

Qonunchilik palatasining Reglamentigaqoʻshimchakiritish orqali parlament faoliyati toʻgʻrisida jamoatchilikni xabardor qilish mexanizmlaritakomillashtirildi. Bundayoshlarningquyipalata majlislaridamoneliksizishtirok etishi belgilandi. Xususan, oʻtgan davrda 3422 nafar yoshlar fraksiyalarning 304 ta yigʻilishida ishtirok etdi, ularning 342 ta taklifi oʻrganib chiqildihamda deputatlar bilan bevosita suhbatlari oʻtkazildi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan parlament faoliyatini ilmiy, axborot-tahliliyjihatdantaʼminlashsamaradorliginioshirish,parlamentning qonun ijodkorligi ishlari sifatini tubdan yaxshilash maqsadida 2017-yil 29-dekabrda Oliy Majlis huzurida Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti tashkil etildi. Instituttomonidandemokratikislohotlarnichuqurlashtirishva mamlakatnimodernizatsiyaqilishda parlamentningrolinikuchaytirish, uning norma ijodkorligi va parlament nazorati yoʻnalishidagi faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha muayyan ishlar amalga oshirildi.

Xususan, institut tomonidan 111 qonun loyihasi tayyorlandi. 120 qonun loyihasi ekspertiyazasi amalga oshirildi.

Murojaatlar bilan ishlash

Davlatimizrahbariningtashabbusibilan 2018yilda tashkiletilgan jamoatchilik murojaatlarini qabul qiluvchi “Mening fikrim” veb-portali qonun ijodkorligi jarayoniga fuqarolarni izchil va keng koʻlamda jalb etish, ularning takliflarini chuqur tahlil qilish imkonini tugʻdirdi. Bugun mazkur portal fuqarolar tashabbuslarining ommabop maydoniga aylanib ulgurdi.

9.JPG

“Mening fikrim” veb-portaliga hozirgacha 3 ming 138 ta jamoaviy murojaat kelib tushdi. Qonunchilik palatasining rasmiy veb-saytida barcha fuqarolar uchun ochiq boʻlgandeputatning virtual qabulxonasi ishga tushirildi. Deputatlarningfuqarolarniqabulqilishboʻyichaoyliknavbatchilik jadvallari tasdiqlab borilmoqda.

Parlamentlararo hamkorlik

Mamlakatimiz parlamentining keyingi besh yillikdagi xalqaro aloqalari ham samarali kechdi. Agar 2015-yilda Qonunchilik palatasida xorijiy davlatlarning parlamentlari bilan hamkorlik boʻyicha 9 ta parlamentlararo hamkorlik guruhlari faoliyat koʻrsatgan boʻlsa, 2019-yilga kelib ular soni 28 taga yetdi, shundan 24 tasi Senat bilan hamkorlikda tuzilgan. Xalqaro munosabatlardagi samarali faoliyat natijasi oʻlaroq,oʻtgan davr mobaynida parlamentda qabul qilingan chet el delegatsiyalari soni 248 tani tashkil qildi.

Parlamentimiz qisqa muddat ichida koʻplab nufuzli parlamentlararo birlashmalarning faol ishtirokchisiga aylandi. Parlamentlararo Ittifoq, MDHga aʼzo mamlakatlarning Parlamentlararo Assambleyasi shular jumlasidan boʻlib, Oʻzbekiston parlamenti aʼzolari mazkur tashkilotlar rahbarlik tuzilmalaridagi yuqori lavozimlarga tayinlandilar. Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi 2017-yildan eʼtiboran oʻzining YEXHT Parlamentlararo Assambleyasidagi ishtirokini qayta tikladi.

Umuman olganda, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining uchinchi chaqirigʻidagi faoliyati oʻzining serqirraligi, muhim voqealarga boyligi, haqiqiy demokratik tamoyillarga mos kechganligi bilan diqqatga sazovor boʻldi.

Tadbirda qayd etilganidek, fuqarolar manfaatlarini ifodalovchi tom maʼnoda haqiqiy demokratik organ sifatida shakllangan, davlat hokimiyati organlari tizimida munosib oʻrin egallagan, mamlakatda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarga jalb etilgan Qonunchilik palatasi kelgusida ham davlatimiz rahbarining xalqimiz farovonligi, Oʻzbekistonni dunyodagi rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga koʻtarishga qaratilgan yangi siyosiy yoʻlining faol ishtirokchisi hamda munosib davomchisi boʻlib qoladi.

– Parlamentimiz tarixida ilk bor bunday axborot keng jamoatchilik uchun ochiq taqdim qilinmoqda. Bu yangilik fuqarolarimiz uchun oʻziga xos qulaylik yaratadi,– deydi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Erkin Xolboʻtayev. – Darhaqiqat, besh yillikda, ayniqsa, keyingi uch yil ichida mamlakatda amalga oshirilgan keng koʻlamli islohotlar jarayonida juda faol ishtirok etdilar. Ular “feysbuk”, “telegram” kabi ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifalari orqali yurtimiz hayotiga doir har bir muhim voqea-hodisaga, oʻzgarish va yangilanish jarayonlariga oʻz munosabatini bildirib bordilar.Qonunchilik palatasi rasmiy veb-saytidagi barcha fuqarolar uchun ochiq boʻlgan “deputatning virtual qabulxonasi” xizmati ham xalq vakillarining barcha saylovchilar bilan munosabati sifati va tezkorligini, ular faoliyatining shaffofligi hamda hisobdorligi darajasini jiddiy tarzda oshirdi. Bularning barchasi mazkur axborotda ham oʻz ifodasini topgan boʻlib, u fuqarolarimizga parlament faoliyati haqida mufassal, har tomonlama toʻliqmaʼlumotga ega boʻlish imkonini beradi.