French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida yangi komissiyalar tuzildi
15:08 / 2020-03-24

Komissiyaga Qonunchilik palatasining Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi Erkin Zohidov rais etib saylandi.


Parlament quyi palatasining navbatdagi majlisida Qonunchilik palatasi deputati oʻz vakolatlarini amalga oshirish chogʻida deputatlik odobi qoidalari hamda umumiy qabul qilingan odob-axloq normalariga rioya etishini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Odob komissiyasi tuzildi.

Komissiyaga Qonunchilik palatasining Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi Erkin Zohidov rais etib saylandi.

Komissiya tarkibiga siyosiy partiyalar fraksiyalarining tajribali, deputatlar korpusi oʻrtasida obroʻ-eʼtiborga sazovor deputatlari kiritildi.

Majlisda Odob komissiyasining nizomi, deputatlik odobi qoidalari tasdiqlandi.