Oliy Majlis Qonunchilik palatasi qonun ijodkorligi faoliyati rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari
Firdavs Xolnazarovich SHARIPOV mustaqil izlanuvchi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Parlament tadqiqotlari instituti Toshkent, O‘zbekiston ORCID: 0009-0006-5732-0293 e-mail: firdavs1983xxx@gmail.com
Annotatsiya
Maqolada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tashkil etilganidan hozirgi davrga qadar qonun ijodkorligi faoliyatining rivojlanishi uch bosqichga ajratib tahlil qilingan. Shuningdek, qonun ijodkorligi amaliyoti, uning xususiyatlari, rivojlanish tendensiyalari hamda ustuvor yo‘nalishlari ilmiy-huquqiy jihatdan yoritilgan.
Tayanch so‘zlar: Oliy Majlis, Qonunchilik palatasi, qonun ijodkorligi, parlament, Konstitutsiya.