Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qo‘mitasi, Qonunchilik palatasining Yoshlar masalalari bo‘yicha komissiya hamda Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentining qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentining Nizomi va Reglamentiga muvofiq III chaqiriq saylovlariga rasman start berildi. Ta’kidlash joiz, avvalroq, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2025 yil 26 fevraldagi Kengashi yig‘ilishi qarori bilan Yoshlar parlamentining Nizomi va Reglamenti tasdiqlangan edi.
Ma’lum qilinishicha saylov 3 bosqichda tashkil etiladi:
1-bosqich: Siyosiy partiyalarni tuman (shahar) tashkilotlariga ariza bilan murojaat etish (bunda Siz tug‘ilgan joyingizdan hujjatlarni topshirishingiz lozim).
2-bosqich: Partiyalarning Hududiy komissiyalar suhbatida ishtirok etish va ularni xulosalari asosida keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritish.
3-bosqich: Partiyalarning Respublika komissiyasi suhbatida ishtirok etish va eng munosiblar qatorida bo‘lish.
Ma’lumot uchun, amaldagi reglamentga ko‘ra, nomzodlar 18 yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bo‘lishi kerak. Shuningdek, saylov kuniga qadar mamlakatimizdagi 5 ta siyosiy partiyalardan birining rasmiy a’zosi bo‘lishi talab etiladi.
Ziyovuddin NURIDDINOV, O‘zA