Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Namangan viloyatida qator uchrashuvlar tashkil etdi
14:34 / 2024-02-01

FOTOREPORTAJ

Namangan viloyati O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Zafar Xudoyberdiyev ishtirokida boshqarma xodimlari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda O‘zLiDeP Namangan viloyat Kengashi apparat rahbari Orifjon Mahmudov tomonidan partiya maqsad va vazifalari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Samimiy muloqot tarzida kechgan uchrashuvda yangi saylov tizimi hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan maqsadlar, xususan, Strategiyaning 80- va 81-maqsadlari, Norma ijodkorligi faoliyatining islohotlar bilan uyg‘unligini ta’minlash hamda davlat huquqiy siyosatining institutsional asoslarini rivojlantirish, Davlat fuqarolik xizmatini meritokratiya, halollik va professionallik tamoyillari asosida tashkil etish xususida so‘z yuritildi.  

Tadbirda boshqarmaga partiya tashakkurnomasi va uning faol xodimlariga partiya safiga qabul qilinganlik haqida guvohnomalar topshirildi.  

[gallery-15734]

Xuddi shunday uchrashuvlar Namangan davlat universitetining yuridik fakulteti talabalari, Norin tumanidagi “Qo‘shchek”, “Shohidon” mahallalari fuqarolari, 23-, 30- va 32-umumta’lim maktablari o‘qituvchilari hamda yuqori sinf o‘quvchilari bilan ham o‘tkazildi.  

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA