Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi a’zolari Sirdaryoda
19:54 / 2023-05-05

"Sirdaryo viloyatida sog‘liqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli va davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini joriy etish" holatini nazorat-tahlil tartibida o‘rganish maqsadida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitasi raisi Yelena Borisova boshchiligidagi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi ishchi guruhi a’zolari, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi vakillari hamrohligida Sirdaryoga tashrif buyurdi.

Dastlab ular Sirdaryo viloyati hokimligida bo‘lib, viloyat hokimi Akmaljon Mahmudaliyev bilan uchrashdi. Sog‘liqni saqlash tizimini yangi modeli, yagona elektron karta, elektron poliklinika, elektron shifoxona, aholiga ko‘rsatilayotgan kafolatlangan tibbiy xizmat va shuningdek respublikamizda birinchilardan bo‘lib Sirdaryo viloyatiga joriy etilgan davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlari bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Shundan so‘ng, mehmonlar Sirdaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasiga tashrif buyurib, uch guruhga bo‘lingan holda birlamchi tibbiy sanitariya va davolash profilaktika muassasalarida bo‘ldi. U yerda davlat tibbiy sug‘urtasi tizimi bilan bog‘liq holat va birlamchi tibbiy sanitariya muassasalari bilan davolash profilaktika muassasalari o‘rtasida o‘rnatilgan o‘zaro integratsiya aloqalarini, ro‘yxatxona, ambulator qabulga elektron yozilish tizimi, umumiy amaliyot shifokorlarini tor soha mutaxassislari bilan uzviy hamkorligi, bemorlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar almashinuvida raqamlashtirish tizimining afzal jihatlarini o‘rgandi.

Muhimi, Fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash masalalari qo‘mitasi raisi Yelena Borisova boshchiligidagi ishchi guruh a’zolari esa Guliston tibbiyot birlashmasiga qarashli Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi sirdaryo viloyat hududiy filiali hamda Guliston tibbiyot klasterida bo‘ldi. Ishchi guruhning qolgan a’zolari Sirdaryo, Sayxunobod, Mirzaobod, Oqoltin, Sardoba, Xovos tumanlari hamda Yangiyer va Shirin shaharlarida sog‘liqni saqlash tizimida aholi salomatligini saqlash va ularga namunali tibbiy xizmat ko‘rsatish, sug‘urta va raqamlashtirish masalalarida yuzaga kelgan muammo va masalalarni o‘rgandi. Yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tahlil etildi.

Shu bilan birga Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Sirdaryo viloyati hududiy filialining reanimatsiya bo‘limida, Guliston tibbiyot klasterining nefrologiya va gemodializ bo‘limida davolanayotgan bemorlar bilan uchrashishdi. O‘rganishlar jarayonida aniqlangan kamchilik va muammolar yuzasidan soha xodimlariga amaliy taklif va tavsiyalar berildi.

Shuhrat Suyarov, O‘zA