Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi eʼlon qiladi
19:05 / 2019-08-22

“Jamiyatda yuksak maʼnaviyatni va qonun ustuvorligini taʼminlashga koʻmaklashish” mavzusida Davlat grantlari ajratish uchun tanlov:


“Jamiyatda yuksak maʼnaviyatni va qonun ustuvorligini taʼminlashga koʻmaklashish” mavzusida Davlat grantlari ajratish uchun tanlov:

Tanlovga nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining quyidagi maqsadlarni nazarda tutgan ijtimoiy ahamiyatga molik loyiha buyurtmanomalari qabul qilinadi:

- Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy qoidalari, tamoyillari va maqsadlarini ochib berishga, qonun meʼyorlari haqida bilimlar targʻibotiga qaratilgan maxsus nashrlar, maqolalarni tayyorlash va chop etish;

- aholi oʻrtasida isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini keng targʻib qilishga, aholining huquqiy madaniyatini oshirishga koʻmaklashish;

- davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini taʼminlashda NNT faolligini oshirish, jamiyatda huquqiy madaniyatni shakllantirish, huquqiy ongni yuksaltirishga qaratilgan loyihalarni qoʻllab-quvvatlash;

- qonunlarning insonlar hayotiga real taʼsir darajasi va aholi bilan muloqotning yangi usullarini, qonunlarning ijtimoiy munosabatlarni bevosita tartibga solishdagi roli va ahamiyatini yuksaltirishda ijtimoiy sheriklikning innovatsion usullarini joriy etish;

- sifatli ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish koʻlamini kengaytirishga, aholining turmush darajasini yaxshilashga, mahallalar obodligini taʼminlashga koʻmaklashish;

- aholining maʼnaviy-axloqiy, psixologik bilimlarini oshirish, oilada ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, jamiyatda sogʻlom maʼnaviy muhitni taʼminlashni qoʻllab-quvvatlash;

- keksa avlod vakillariga gʻamxoʻrlik koʻrsatish, har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, yoshi ulugʻ insonlarning jamiyatdagi oʻrni va nufuzini oshirish, yoshlar tomonidan ularning hayotiy tajribalarini oʻrganish, keksalarni hurmat qilishga, eʼzozlash, gʻamxoʻrlik koʻrsatish tuygʻusini shakllantirishga koʻmaklashish;

- nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlarini, erkinliklarini, qonuniy manfaatlarini amalga oshirishda teng sharoitlar yaratish, hayot sifatini yaxshilash, mehnat faoliyatiga moslashtirishga yordam koʻrsatish;

- yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga, fidoyilik tuygʻularini qaror toptirishga koʻmaklashish;

- ayollar, bolalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash, ijtimoiy-maʼnaviy qoʻllab-quvvatlashda davlat organlari bilan ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish;

- voyaga yetmaganlar oʻrtasida jinoyatchilikning oldini olish, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishga shart-sharoitlar yaratishga koʻmaklashish;

- odam savdosi, noqonuniy mehnat migratsiyasidan jabr koʻrgan aholiga tizimli profilaktik targʻibot, tashviqot va reabilitatsiya chora- tadbirlarini amalga oshirishda jamoatchilik nazoratini taʼminlash;

Davlat granti tanlovida ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

1. Tashkilot rahbari tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan kuzatuv xati.

2. www.fundngo.uz veb-saytida joylashtirilgan shaklda toʻldirilgan davlat granti loyihasi uchun ariza.

3. Davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan Ustav (Nizomi) hamda guvohnomaning muhr bilan tasdiqlangan nusxasi.

4. Agar loyihani amalga oshirish litsenziyalanadigan faoliyatni talab qilsa, unda litsenziyaning nusxasi taqdim etiladi.

5. Manfaatdor davlat va yirik jamoat tashkilotlari bilan tuzilgan ijtimoiy sheriklik qoʻshma rejalari ilova qilinishi mumkin.

Bitta loyiha uchun davlat granti miqdori – 30 million soʻmgacha.

Hujjatlar 2019-yil 23-avgustdan 25-sentyabrgacha qabul qilinadi.

Hujjatlar “Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi” nomiga: 100163, Toshkent shahri, Islom Karimov koʻchasi, 43-uy manziliga “Oʻzbekiston pochtasi” orqali muhrlangan konvertda (A4 formatda) yuborilishi shart.

Hujjatlar namunalari bilan Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining www.fundngo.uz rasmiy veb-saytida tanishish mumkin.

Maʼlumot uchun telefonlar: (0-371) 239-26-76, 239-26-86.