Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi “Aholining huquqiy ongi va muloqot madaniyatini yuksaltirish hamda inson huquqlari bo‘yicha ta’lim sohasida fuqarolik jamiyati institutlarini faolligini oshirish” mavzuida Davlat grantlari ajratish uchun 3-tanlovni E’LON QILADI
18:39 / 2023-05-19

DIQQAT TANLOV!

Tanlovga nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining quyidagi maqsadlarni nazarda tutuvchi ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalari qabul qilinadi:  

1.  Gender tenglik, xotin-qizlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga, oilalarda sog‘lom muhitni mustahkamlashga, onalik va bolalikni muhofaza qilishga qaratilgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlash;  

2. Nizoli vaziyatlar, oilaviy-maishiy zo‘rlik ishlatish holatlarini va o‘z joniga qasd qilishga moyil xulq-atvorni erta bartaraf etishda davlat organlari bilan o‘zaro hamkorlikni shakllantirish;  

3. Odam savdosi, noqonuniy mehnat migratsiyasidan jabr ko‘rgan aholi o‘rtasida tizimli profilaktik targ‘ibot, tashviqot va reabilitatsiya tadbirlarini amalga oshirish;  

4. Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish, ularni ijtimoiy hayotga moslashtirish;  

5. Jamiyatda inson huquq va erkinliklarini hurmat qilish madaniyatini shakllantirish orqali mamlakatimizning xalqaro nufuzini yanada yuksaltirish;  

6. Aholiga bepul kafolatlangan tibbiy xizmat ko‘rsatish ustidan jamoatchilik nazoratining samarali mexanizmlarini joriy etish;  

7. Inson huquq va erkinliklariga amal qilinishini, har bir shaxsning qadr-qimmatini e’zozlash haqidagi tafsilotlarni OAV va ijtimoiy tarmoqlarda yoritish; 

8. Inson huquqlari bo‘yicha ta’lim sohasida fuqarolik jamiyati institutlarining faolligini oshirish.  

Davlat granti ajratish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:  

1. Tashkilot rahbari tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan kuzatuv xati;  

2. Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining www.fondngo.uz rasmiy veb sayti va https://t.me/GROUP_JAMOAT_FONDItelegram kanalida joylashtirilgan va yangi yuklangan shaklda to‘ldirilgan davlat granti loyihasi uchun ariza;  

3. Oxirgi o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan davlat ro‘yxatidan o‘tgan NNTlar va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining Ustavi (Nizomi) nusxasi;  

4. Tashkilotning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi;  

5. Agar loyihani amalga oshirish litsenziyalanadigan faoliyatni talab qilsa, unda litsenziyaning nusxasi;  

6. Tashkilotning soliq qarzi mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma;  

7. Manfaatdor davlat va jamoat tashkilotlarining tavsiya hamda qo‘llab-quvvatlash xatlari.  

Bitta loyiha uchun ajratiladigan grant miqdori – 100 million so‘mgacha.  

Hujjatlar 2023 yil 15 maydan  15 iyungacha qabul qilinadi.  

Hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNTlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi nomiga “O‘zbekiston pochtasi” orqali yuboriladigan muhrlangan konvertlarda (A4 formatda) quyidagi manzil bo‘yicha qabul qilinadi: 100035, Toshkent shahri, Bunyodkor ko‘chasi, 1-uy.  

Hujjatlarni taqdim etish shartlari va namunalari bilan Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondining www.fondngo.uz rasmiy veb saytida tanishish mumkin.  

Ma’lumot uchun telefonlar: (71) 239-26-76, (71) 239-26-86.  

O‘zA