French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oliy Majlis deputatlari talabalar bilan uchrashdi
12:25 / 2026-01-30

Andijon davlat universitetida “Deputat va yoshlar uchrashuvi” doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 26 dekabrdagi Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyati targ‘ibotiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari Gulnoraxon Abduvohidova, Muqaddasxon Ahmedova hamda Oliy Majlis Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning Andijon viloyatidagi mintaqaviy vakili Jasurbek Ibrohimov, universitet professor-o‘qituvchilari, talaba yoshlar ishtirok etgan tadbirda murojaatnoma va strategiyaning mazmun-mohiyati, mazkur hujjatlarning yurtimiz taraqqiyoti, xalqimiz turmush farovonligini yuksaltirishdagi ahamiyati xususida atroflicha so‘z yuritildi.  

Oliy Majlisdagi “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosi Gulnoraxon Abduvohidova mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, Murojaatnomaning mazmun-mohiyati va sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida gapirdi. Shuningdek, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish, oilaviy zo‘ravonlikka qarshi kurashish  masalalariga to‘xtaldi.

Oliy Majlisning O‘zLiDep fraksiyasi a’zosi Muqaddas Ahmedova Prezident Murojaatnomasidagi muhim ustuvor yo‘nalishlar, belgilab berilgan vazifalar hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyati xususida ma’lumotlar berdi. Shu bilan birga, bugungi kunda yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ularning aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiridagi faol ishtirokini ta’minlash, oilaviy ajrimlarning oldini olish haqida so‘z yuritdi.  

Talabalarning Prezident Murojaatnomasi hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasiga oid bilim va tushunchalarini boyitishga xizmat qilgan davra suhbati davomida Oliy Majlis deputatlari ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob qaytardi.  

F. Ubaydullayev,  

Z. Umrzoqov (foto),

O‘zA muxbirlari