Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oliy Majlis deputati qishloq ayollariga ehtirom ko‘rsatdi
21:23 / 2021-10-15

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2007 yil 18 dekabridagi yig‘ilishida 15 oktyabr butun jahon miqyosida “Xalqaro qishloq ayollari kuni”, deb e’lon qilingan. Dunyoning ko‘plab davlatlarida mazkur sana xalqaro qishloq ayollari kuni sifatida keng nishonlanib kelinmoqda.

Shuni e’tirof etish kerakki, davlatimiz rahbari tomonidan agrar sohada olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar, xususan oddiy mehnatkashlar mehnatini qadrlashga qaratilayotgan yuksak e’tibor samarasi o‘laroq mamlakatimizda ayol-qizlarning olis, chekka hududlardagi uy xo‘jaliklari va hamjamiyatlarning barqarorligini, qishloq aholisining turmush darajasi va farovonligini oshirishni ta’minlashdagi muhim o‘rni tobora tan olinmoqda.

Ayollar asosan qishloq xo‘jaligidagi ishchi kuchini, shu jumladan norasmiy mehnatning katta qismini tashkil etadi. Chunonchi, oddiy qishloq sharoitida ko‘plab ayollar oiladagi va uy xo‘jaligidagi ishlarning katta qismini o‘z zimmalariga olib, har qanday yumushni beminnat bajaradi.

Ana shunday fidoyi, qishloq ho‘jaligi sohasida faoliyat olib borayotgan jonkuyar ayollardan biri, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi a’zosi, Fermerlar kengashining faol a’zosi Barno Mirzamova soha bo‘yicha Ustozlari uchqo‘rg‘onlik Gulhumor Tog‘ayeva va Muqaddasxon Temirovani bayram bilan tabriklab, dildan muloqot qildi.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA