Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Oliy audit organlari va korrupsiyaga qarshi kurashish idoralari o‘rtasidagi hamkorlik kuchaymoqda
11:32 / 2023-03-15

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi tomonidan Tailandning Bangkok shahrida “Oliy audit organlari va korrupsiyaga qarshi kurashish idoralari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish” mavzusida xalqaro mintaqaviy seminar o‘tkazilmoqda.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining vakillari ham ishtirok etmoqda.  

Ushbu seminar BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining Abu Dabi deklaratsiyasi dasturi doirasida bo‘lib o‘tmoqda.  

Abu Dabi deklaratsiyasi dasturi BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi tomonidan BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi hamda Barqaror rivojlanish maqsadlarining ijrosini ta’minlash uchun 2021 yilda ishga tushirilgan. Unda korrupsiyaga qarshi kurashishda oliy audit organlarining rolini oshirish va ularning korrupsiyaga qarshi kurashish organlari bilan hamkorligini kuchaytirish vazifasi ham qamrab olingan.  

Bangkokda o‘tayotgan xalqaro mintaqaviy seminar AZOSAI tashkilotiga a’zo mamlakatlar oliy audit organlari hamda korrupsiyaga qarshi kurashish milliy muassasalarining vakillarini jamlagan. Tadbir ushbu sohadagi eng yangi konsepsiya va so‘nggi amaliy ishlanmalarni ochiq formatda muhokama qilish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qiladi.  

Seminarning vazifasi milliy, mintaqaviy va xalqaro darajada Oliy audit organlari hamda korrupsiyaga qarshi kurashish idoralari o‘rtasidagi muloqotni kuchaytirish, hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini belgilashdan iborat.  

 

O‘zA