Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Olis va tog‘li hududlar uchun “Mirzo Ulug‘bek” onlayn maktabi tashkil etilmoqda
13:27 / 2023-10-12

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan "Mirzo Ulug‘bek" onlayn maktabining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda vazir o‘rinbosari Uzoqboy Begimkulov va Jamg‘arma raisi Oqil Salimov ishtirok etib, onlayn maktabning ahamiyati va kutilayotgan natijalar haqida so‘z yuritdi.

Qayd etilishicha, mazkur maktablarda yuqori sinf o‘qivchilari matematika va ingliz tili fanlaridan qo‘shimcha ta’lim olishi mumkin. Ushbu onlayn maktabni tashkil qilishdan maqsad respublikaning chekka hududlari va tog‘li joylarda ta’lim sifatini oshirish hamda ushbu hududlarda istiqomat qilayotgan iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

Onlayn maktab doirasida hozirda test-sinov tariqasida 3 ta tog‘li va chekka hududdagi maktablar tanlab olindi. Bular Jizzax viloyati Forish tumanidagi 7-sonli, Samarqand viloyati Qo‘shrabod tumanidagi 70-sonli va Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi 62-sonli maktablardir. Mazkur loyiha test-sinov jarayonida ijobiy natijalar olingandan so‘ng, respublikaning boshqa tog‘li va chekka hududlaridagi ta’lim muassasalariga joriy etilishi rejalashtirilgan.

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA