Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Olis tumanda maktab-internat foydalanishga topshirildi
15:26 / 2023-09-06

Tomdi tumanida 504 o‘rinli ixtisoslashtirilgan maktab-internat ochildi.

Tadbirda Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov, “NKMK” AJ boshqaruvi raisi – Bosh direktori Quvondiq Sanaqulov, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev, nuroniylar, keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.  

Keyingi yillarda mamlakatimizda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan “Yangi O‘zbekiston – maktab ostonasidan boshlanadi” degan ezgu g‘oya asosida ta’lim sohasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Yurtimizda yuzlab zamonaviy bilim dargohlari barpo etilib, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar ochildi. Eng muhimi, o‘qituvchi va murabbiylarning mehnat sharoitlarini yaxshilash, malakasi hamda ish haqlarini oshirish, ta’lim tizimida darsliklarni isloh qilish, o‘qitishning zamonaviy uslublarini joriy etishga katta e’tibor qaratilmoqda.  

Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamoasi ham Qizilqum hududi infratuzilmasini rivojlantirishda faol qatnashib kelyapti. Bunday xayrli ishlar 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da “NKMK” AJda amalga oshirishga oid chora-tadbirlar dasturida ham o‘z ifodasini topgan. 

Mazkur dasturga muvofiq Tomdi tumanida kombinat tomonidan zamonaviy 504 o‘rinli ixtisoslashtirilgan maktab-internat qurib bitkazildi. Ushbu ixtisoslashtirilgan maktab-internat yettita blok va uch qavatdan iborat bo‘lib, o‘quvchilar ta’lim olishi uchun barcha sharoit yaratilgan. Ta’lim muassasasi zamonaviy o‘quv xonalari va kompyuter jihozlari bilan ta’minlangan. Maktabda har bir fan uchun maxsus o‘quv xonasi mavjud bo‘lib, sinfxonalar eng zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan.  

Zarafshon shahri, Tomdi, Uchquduq tumanlari va Navoiy shahridagi maktablarning  5-11 sinflarida o‘qiyotgan eng bilimli, yuqori intellektual salohiyatga ega 288 nafar o‘g‘il-qiz bu ta’lim maskaniga kirish sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tdi. 30 nafar malakali o‘qituvchi uch bosqichli tanlov asosida ishga qabul qilindi.  

A.Bo‘riyev,

O‘zA