Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Olis qishloqlarda zamonaviy bog‘chalar qurilmoqda
12:46 / 2021-10-04

Toshkent viloyatida bolalarni sog‘lom va har tomonlama yetuk qilib tarbiyalash, joylarda yangi maktabgacha ta’lim tashkilotlarini qurish va jihozlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Xususan, joriy yilda ohangaron tumanida 20 ta maktabgacha ta’lim tashkilotini foydalanishga topshirish belgilangan. Shundan, hozirgacha 4 tasi foydalanishga topshirilgan. Qolgan 6 tasi oktyabr, 10 tasi esa noyabr oyida foydalanishga topshiriladi. Bundan tashqari, joriy yilda 18 ta oilaviy bog‘cha tashkil etilgan.

Tahlillarga ko‘ra, hududda bolalarning bog‘chalarga qamrovi 2020 yil yakunida 28 foizni tashkil etgan bo‘lsa, bugungi kunda 52 foizni, yil oxirida 80 foizdan oshiriladi.

Ohangaron tumanidagi 2-sektor olis tog‘oldi hududiga qarashli "Yangiobod" mahalla fuqarolar yig‘inida zamonaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti qurib, foydalanishga topshirish arafasida. Mazkur bog‘cha 120 o‘ringa mo‘ljallangan.

– Qurilish ishlari joriy yil birinchi yarmida boshlandi. Loyiha bo‘yicha 5 milliard 793 million so‘m mablag‘ OKMK homiyligi hisobidan qoplandi, – deydi Tuman maqtabgacha ta’lim bo‘limi mudiri Muqaddam Abdurahmonova. – Mazkur bog‘chaning umumiy maydoni 60 sotix bo‘lib, hovlida bolalar maydoni, suv havzasi bunyod qilinib, 4-5 sotix mevali daraxtlar ekildi. Binoda 4 ta guruhda bolalar tarbiyalanishi mo‘ljallanyapti. Belgilangan reja asosida 30 nafar mutaxassis, xususan, tarbiyachi, psixolog, metodist va shifokorlar jalb etilyapti.

E’tiborlisi, hozir "Yangiobod" MFYda 2 ming 110 nafar aholi yashaydi. Avvallari bu yerda MMT yo‘q edi. Mazkur tashabbus aholiga katta sovg‘a bo‘ldi.

Shuningdek, "Qiziloy" mahalla fuqarolar yig‘inida Davlat Bojxona qo‘mitasi homiyligi asosida 180 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkiloti qurilmoqda. Mazkur loyiha bo‘yicha 7 milliard 200 million so‘m mablag‘ ajratildi. Majmua 3 qavatli bo‘lib, bu yerda bolalarni IT sohasiga qiziqtirish uchun robotatexnika, mental arifmetika, badiiy gimnastika, ingliz tili, tasviriy faoliyati va sport to‘garaklari ishga tushiriladi.

O‘z navbatida "Temir daftar", "Ayollar daftari" da ro‘yxatda turgan 45 nafar pedagoglar ish bilan ta’minlanadi.

Bog‘cha hovlisida bolalar maydonchasi, ochiq turdagi suzish havzasi, sport maydonchasi qurilmoqda E’tiborlisi, qurilishda energiya tejaydigan mahalliy mahsulotlardan foydalanilmoqda. Barcha qavatlardagi xonalar alohida isitish tizimi bilan jihozlangan. Bu kuz-qish mavsumini talafotsiz o‘tkazish imkonini beradi.

Umuman olganda, Ohangaron tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Tuman markazi bo‘lgan “Nurobod” qo‘rg‘onining arxitektura qiyofasi yaxshilanmoqda. 3 qavatli Yoshlar markazi binosi qurilishi yakunlanib, jihozlanmoqda. Shuningdek, 4 ta yangi 5 qavatli uylar qurilmoqda, 3 ta tashlandiq holda bo‘lgan ko‘p qavatli uylar ta’mirlanmoqda.

 

A.Musayev,O‘zA