Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Olis qishloqda yangi tibbiy punkt ish boshladi
21:59 / 2023-06-14

Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida odamlar ehtiyojidan kelib chiqib bir qator xayrli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, qo‘shni Qirg‘iziston bilan chegaradosh bo‘lgan, tuman markazidan salkam 50 kilometr olisda joylashgan Oq tom mahallasida o‘tgan asrning 1960-yillarida faoliyatini boshlagan feldsher akusherlik punkti bugun 62-sonli oilaviy poliklinika filiali – “Oq tom” mahalla tibbiyot punkti sifatida foydalanishga topshirildi.

Mazkur shifo maskanini zamonaviy ko‘rinishga keltirish, aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, zarur sharoitlarni yaratish uchun 1 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ sarflandi. Tibbiy punktning ochilishi mahalla aholisi, ayniqsa mehnat faxriylari, ayollar uchun chinakam tuhfa bo‘ldi. Ular xalqimiz salomatligi yo‘lidagi g‘amxo‘rlik uchun minnatdorlik bildirishdi. Yangi shifo maskanining  ilk ish kunida mahalla ahli uchun viloyat va tuman markazidan kelgan shifokor mutaxassislar tomonidan tibbiy ko‘rik tashkil etildi.  

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA.