Jizzax viloyati prokurori vazifasini bajaruvchi Alisher Shamsiyev Baxmal tumani 2-sektor hududiga kiruvchi “Qutlug‘obod” mahalla fuqarolar yig‘inida sayyor qabul va yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Sayyor qabulda 2-sektor hududidagi mahallalarning hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilari faoliyatini yanada jaddallashtirish, aholi farovonligini ta’minlash haqida so‘z bordi.

Qabulda 42 nafar fuqarodan turli mazmundagi murojaatlar kelib tushdi. Shundan 21 ta murojaat joyida qanoatlantirilgan bo‘lsa, qolganlari yuzasidan mutasaddilarga aniq vazifalar yuklatilib, ijrosi qat’iy nazoratga olindi.
So‘ng Alisher Shamsiyev mahalla yoshlari bilan uchrashib, ularning taklif va muammolarini tingladi. Tadbirda ishtirok etgan Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi va mahallaga biriktirilgan hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisiga ushbu muammolarni bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Qabulda 1 nafar “Yoshlar daftari”da turgan fuqaroga kredit mablag‘lari hisobidan motoroller, “Ayollar daftari”da turuvchi 8 nafar xotin-qizga subsidiya asosida tikuv mashinalari ajratilib, ularning bandligi ta’minlandi.
Bundan tashqari, kam ta’minlangan oilalarning 10 nafar farzandiga safarbarlik chaqiruvi to‘lovi amalga oshirilganligi to‘g‘risida sertifikatlar topshirildi.

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA