Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Olis qishloq bolajonlari uchun yana bir qulaylik
15:08 / 2022-06-01

Maktabgacha ta’lim sohasi uzluksiz ta’lim tizimining birlamchi bo‘g‘ini hisoblanib, u har tomonlama sog‘lom va barkamol shaxsni tarbiyalab, maktabga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu bois, mamlakatimizda mazkur sohani yanada taraqqiy ettirish, farzandlarimiz uchun barcha sharoitlarni yaratish yo‘lida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. 
Bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalariga qamrab olishda nafaqat davlat, balki nodavlat ta’lim muassasalarining hissasi ham ortmoqda. Sirdaryo viloyati Xovos tumanida 90 ta, shundan 16 ta davlat va 74 ta nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyat ko‘rsatmoqda. 

Ularda 3-7 yoshgacha bo‘lgan 5 ming 440 nafar bola qamrab olingan. Olib borilayotgan tizimli ishlar samarasida tumandagi "Binokor" MFY hududida yana bir yangidan qurilgan davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi. Ushbu bolalar bog‘chasi "Obod qishloq" dasturi asosida 2 milliard 600 million so‘m mahalliy byudjet mablag‘lari evaziga "Boyovut-inter faxri" xususiy qurilish kompaniyasi quruvchilari tomonidan bunyod etildi.

Yuz o‘rinli 16-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida 26 nafar pedagog faoliyat ko‘rsatadi. Bu yerda bolajonlarning ta’lim-tarbiya olishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Eng asosiysi, viloyatning olis hududlaridan biri bo‘lgan ushbu mahalla kichkintoylari ham endi poytaxt bog‘chalaridan qolishmaydigan shinam maskanda tarbiyalanadi.


– Mahallamizda yangi bolalar bog‘chasi qurib foydalanishga topshirilishi bayramga aylanib ketdi, – deydi 16-MTT direktori Yodgora Alovboyeva. – Bu farzandlarimiz, yosh avlod kelajagi uchun tashlangan muhim qadamdir. 

Shuhrat Suyarov, O‘zA