Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Olis qishloq aholisi uchun tibbiy ko‘rik
11:08 / 2023-05-18

Bugun yurtimizda sog‘liqni saqlash tizimini yanada yaxshilash, tibbiy xizmatni “mahallagacha tushirish”, eng asosiysi tizimni odamlarga yanada yaqinlashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Navoiy viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi tashabbusi bilan Xatirchi tumani “Angidon” MFYdagi Shaldiroq qishlog‘i aholisi uchun tibbiy ko‘rik tashkil etildi.  

– Mahallamiz tumanning eng chekka hududlaridan biri sanaladi, – deydi MFY raisi Qamariddin Shirinov. – Aholimiz asosan buloq suvidan foydalanadi. Asosan chorvachilik va dehqonchilik bilan shug‘ullanadi. Bugungi kunda mahallada 2181 nafar aholi istiqomat qiladi. Oilalar soni 500 ga yaqin. Bugungi tibbiy ko‘rik aholimiz uchun ayni muddao bo‘ldi. Chunki qishloq aholisi masofa uzoqligi va tog‘li hudud bo‘lganligi bois tuman markaziga borib sog‘ligini tekshiruvdan o‘tkazishga qiynalishadi. Bugun esa shifokorlarimiz o‘zlari kelishib, barcha aholi qatlamini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi.  

Tibbiy ko‘rik davomida viloyat davolash profilaktika muassasalarining yetakchi tor soha mutaxassislari tomonidan 100 nafarga yaqin fuqarolar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Ularning 8 nafariga ambulator sharoitda davolanishlari uchun bepul dori-darmonlar berilgan bo‘lsa, 4 nafariga tuman hamda 2 nafariga viloyat shifoxonalarida davolanish uchun yo‘llanma berildi.  

Shuningdek, mutaxassislar “xonadonbay” yurgan holda yotoqdagi bemorlar holidan xabar olib, ularni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdi hamda tavsiya va maslahatlar berdi.  

Abduvali Bo‘riyev, O‘zA