Buxoro viloyati Shofirkon tumani markazidan 110 kilometr uzoqlikda, Qizilqum kengliklari bag‘ridagi Churuq ovulida qozoq millatiga mansub 40 xonadonda jami 260 kishi yashaydi.
Mahalliy hokimlik vakillari Churuq ovulida yashovchi xotin-qizlar ijtimoiy ahvoli bilan yaqindan tanishib, ularning muammolarini o‘rgandi.

“Ayollar daftari”dan o‘rin olgan 5 nafar ishsiz va ehtiyojmand xotin-qizga subsidiya asosida mini pech yetkazib berildi. “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobidan 10 nafar oilaga kundalik zarur oziq-ovqat mahsulotlari yetkazildi. Tuman tibbiyot birlashmasining malakali shifokorlari tomonidan ovul xotin-qizlari uchun tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Dorixona kerakli dori-darmon vositalari bilan ta’minlandi.

Ayni kunda ovul aholisining qishki mavsumga shayligi, hudud elektr, suyultirilgan gaz, toza ichimlik suvi ta’minoti, qolaversa, maktab, bog‘cha va boshqa ijtimoiy soha inshootlarini isitish, ularda qozonxona sozligi kabi dolzarb jihatlar mutasaddilarning doimiy e’tiborida.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.