Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Olis mahallalarning yana birida tibbiy xizmat sifati yaxshilanadi
12:33 / 2024-01-09

Xalqimizga xos xislatlar haqida so‘z ketganda, insonlarga ko‘mak berish, og‘irini yengil qilish, saxovatpeshalik alohida e’tirof olinadi. Chindan ham bu kabi insoniy fazilatlar yurtdoshlarimizning kundalik ishlari, niyatlari bilan uyg‘unlashib ketgan.

Inson va uning manfaatlari ustuvor sanalgan mamlakatimizda olib borilayotgan oqilona siyosat zamirida ham aholi turmushini yanada farovon etish kabi ulug‘vor maqsadlar mujassam.  

Payariq tumanining olis hududlaridan biri bo‘lgan Nakurt mahallasida ham aholiga tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish maqsadida “SXF” MCHJ tashabbusi bilan birlamchi tibbiyot muassasasining qurilishi boshlandi.  

Payariq tumani hokimi I.Jabborov, tegishli mas’ullar va jamoatchilik vakillari ishtirokida xayrli ishlar oldidan Qur’on tilovat qilinib, yangi binoning poydevoriga tamal toshi qo‘yildi.  

 

M.Qosimova, O‘zA