French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Olis hududlardagi xotin-qizlar ham pillachilik sohasida o‘qitilmoqda (+video)
20:22 / 2025-03-17

Vazirlar Mahkamasining “Pillachilik sohasida ayollarni bosqichma-bosqich ish bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi qarori ijrosi doirasida hududlarda o‘quv-seminarlari o‘tkazilmoqda.

Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda mahalliy hokimliklar tomonidan xitoylik va vetnamlik hamkor mutaxassislar bilan birgalikda tashkil etilgan seminarlarda “Agropilla” MCHJ rahbarlari, bosh pillakor agronomlar, klasterlar, kasanachilar hamda lider pillachi xotin-qizlar ishtirok etdi.

Seminarda pilla yetishtiruvchilarning moddiy manfaatdorligini oshirish, xonadonlarga tarqatilgan pillaning to‘g‘ri parvarishini yo‘lga qo‘yish, o‘rma tutzorlar tashkil qilish va uy sharoitida tayyor ipak ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tushunchalar berib o‘tildi.

Shuningdek, seminarlarda pillani Vetnam va Xitoy tajribasi asosida sanoat usulida yetishtirishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha xorijlik mutaxassislar tomonidan onlayn ma’ruzalar tinglandi.

Bu kabi o‘quv-seminarlari har chorakda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/2AodMtBhoNw" title="Olis hududlardagi xotin-qizlar ham pillachilik sohasida o`qitilmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Gulnoza Boboyeva, O‘zA