Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Olis hududlar iste’molchilariga suyultirilgan gaz o‘z vaqtida yetkazilmoqda (video)
11:17 / 2024-01-29

Sariosiyo tumani Surxondaryo viloyatining tog‘li hududlaridan biri. Tumandagi jami 32 ming 700 nafardan ortiq iste’molchiga, ya’ni, 59 ta mahallaga tuman gaz ta’minoti xodimlari tomonidan belgilangan reja-grafik asosida suyultirilgan gaz yetkazib beriladi.

O‘tgan 2023 yil davomida tuman mahallalariga aholi ehtiyojiga ko‘ra 5000 tonna 464 kilogramm suyultirilgan gaz tarqatildi. 

Tumanning Bog‘cha mahallasi markazdan 80 kilometr uzoqlikda joylashgan. Mahallada 5225 nafar iste’molchi mavjud.  

Mazkur qishloqqa borish yo‘li og‘ir bo‘lib, ayniqsa, yog‘ingarchilik mavsumida transport vositalarining harakatlanishida murakkabliklar yuzaga keladi. Ammo aholining ta’kidlashicha, gaz ta’minoti sohasi xodimlari maishiy gaz ballonlarini manzilga vaqtida olib boradi.  

[gallery-15657]

– Ushbu mahallaga o‘tgan yilda 28 tonnadan ortiq suyuq gaz yetkazildi, - deydi “Sariosiyotumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi mas’ul xodimi Asqar Qo‘chqorov. Xarid uchun maxsus karta ham taqdim etdik. Uzoq va cho‘l hudud bo‘lishiga qaramay, mahallada aloqa xizmati yaxshi. Shu bois, kartani o‘z vaqtida mablag‘ bilan ta’minlashda iste’molchilar ovora bo‘lmaydi. Ularga suyultirilgan gazdan, maishiy ballondan xavfsiz foydalanish bo‘yicha tushuntirish ishlari ham olib borilmoqda.  

Ta’minotda iste’molchi manfaati har doim ustuvor. Shunday ekan, eng olis hududlardagi aholi xonadonlari ham barcha qulayliklardan foydalanishga haqli. Shuni inobatga olgan holda ushbu hududda mashaqqatli bo‘lsada gaz ballonni har bir xonadonga yetkazish, gaz ballonni o‘lchab olish, qolaversa, avtomatlashtirilgan tizimdan foydalanish imkoniyatlari yaratilgan.

<iframe width="640" height="360" src="https://www.youtube.com/embed/6v_oGBYr6dY" title="Olis hududlar isteʼmolchilariga suyultirilgan gaz oʻz vaqtida yetkazilmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA